Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Kompaniya tarixi

1992

Pochta va elektr aloqasi davlat korxonalarining viloyat aloqa boshqarmalari bazasida “O‘zbektelekom” elektr aloqasi davlat korxonalari konserni tuzildi.

1995-1996

Xususiylashtirish boshlanishi va “Toshkent taksofoni”, “Sirdaryo telekom” aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etilishi, “Buzton”, “Chirkom” qo‘shma korxonalari, shuningdek, “Uzbektelekom Interneshnl” aksiyadorlik jamiyati tashkil etilishi.

1997

Aloqa vazirligining O‘zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi sifatida qayta tashkil etilishi. Mustaqil tartibga solish organi tashkil etilishi. “Mahalliy telekom” va “Xalqaro telekom” aksiyadorlik kompaniyalari, shuningdek, “Toshkent shahar telefon tarmog‘i”, “Toshkent telekom”, “Andijon telekom”, “Namangan telekom” va boshqa aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi.

2000

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-iyundagi “Telekommunikatsiyalar sohasidagi boshqaruvni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-2647-son Farmoni qabul qilindi. “Mahalliy telekom” va “Xalqaro telekom” aksiyadorlik kompaniyalari negizida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tuzildi. “Qoraqalpoq Telekom”, “Buxoro Telekom”, “Navoiy Telekom”, “Xorazm Telekom”, “Toshkent telefon-telegraf stansiyasi”, “Xalqaro aloqa” aksiyadorlik jamiyatlari ta’sis etildi. “Intal telekom” filiali tuzildi.

2001-2002

Xolding tuzilmasini operatorlik kompaniyasiga o‘zgartirish yo‘li bilan “O‘zbektelekom” AK tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlari qayta tashkil etildi. “UzNet” shu’ba korxonasi “O‘zbektelekom” AKga filial sifatida qo‘shildi. Axborot memorandumi yakunlandi va uning salohiyatli investorlar o‘rtasida tarqatilishi boshlandi.

2003

“O‘zbektelekom” AK Muhandislik-texnik markazi tashkil etildi. Yangi faoliyat turi — CDMA-450 standartida simsiz radioulanish xizmatlarini ko‘rsatish o‘zlashtirildi. Simsiz aloqa umummilliy tizimlarini rivojlantirish uchun “O‘zbektelekom Mobayl” filiali tashkil etildi.

2004

“UzNet” filiali “Intal telekom” filialiga qo‘shildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida CDMA-450 standartini qo‘llagan holda abonent simsiz radioulanish tarmog‘i kengaytirildi. Servis intellektual xizmatlar uchun 805 nogeografik ulanish kodi joriy etildi.

2005

“UzNet” filiali bilan qo‘shilish hisobiga “UzPAK” MUDTK “O‘zbektelekom” AK filiali sifatida qayta tashkil etildi. VoIP shlyuzi kengaytirildi va “TShTT” va “UZNeT” filiallari bazasida qo‘shimcha VoIP bog‘lamalari tashkil etildi.

2006

IEEE 802.16-2004 standartida “WiMax” pilot loyihasini amalga oshirish boshlandi. Ixtisoslashgan “Muhandislik-texnik markaz” (MTM) filiali tashkil etildi. Respublikaning barcha viloyat markazlarini qamrab oluvchi videokonferensaloqa xizmati joriy etildi.

2007

“O‘zMobayl” filiali respublikaning barcha hududlarida CDMA 450 standarti bazasida mobil aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatlarini taqdim etishni boshladi. Xitoy taraqqiyot banki va “Huawei Technologies” kompaniyasi bilan birgalikda “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmog‘ini qayta tiklash va rivojlantirish” investitsiya loyihasi amalga oshirildi. NGN texnologiyalari bazasida Toshkent shahrining telekommunikatsiya tarmoqlari modernizatsiya qilindi va kengaytirildi.

2010

Xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 2,5 Gbit/sekungacha oshirildi. Provayderlar va operatorlar uchun Internet-xizmatlar tarifi 44 foizga pasaytirildi.

2011

Rebrending o‘tkazilib, yangi UZTELECOM™ hamda UZMOBILE™ va UZONLINE™ subbrendlarini ilgari surish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.

2012

1 576 km optik tolali aloqa liniyalari qurilishi yakunlandi. Xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 40 Gbit/sekundgacha oshirildi. Respublika viloyatlari, tuman markazlari va shaharlari raqamli telekommunikatsiya tarmog‘i bilan 100 % qamrab olindi.

2013

2257,4 km optik tolali aloqa liniyalari foydalanishga topshirildi. CDMA-450 texnologiyasi asosida mobil tarmoq qamrovi hududi 74 foizgacha kengaytirildi. Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish abonentlari soni 62 foizga ortdi.

2014

Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 151,3 foizga oshirildi. Internet tarmog‘i operatorlari va provayderlari uchun tariflar 11,6 foizga pasaytirildi. 2 000 kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari qurildi. 26 dona zamonaviy kommutatsiya qurilmasi ishga tushirildi.

2015

1 800 kilometrdan ziyod OTAL qurildi. Tarixiy va madaniy meros obyektlari hududlarida “Wi-Fi” tarmog‘ini rivojlantirish ishlari amalga oshirildi. 702 ta o‘quv muassasasi Internet tarmog‘iga ulandi.

2016

2 313 kilometrdan ortiq OTAL qurildi. Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarida “Wi-Fi” tarmoqlari kengaytirildi. Qishloq joylarda obyektlargacha 1 138,1 km optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi.

2017

2 491 kilometrga yaqin OTAL qurildi. 10 80 multistandart baza stansiyalari o‘rnatildi. Qishloq joylarda obyektlargacha 2 102,2 km optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi.

2018

Xalqaro paketli kommutatsiya markazining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/sekundgacha oshirildi. Cheklovsiz trafikli tarif rejalariga narxlar 2 barobardan ko‘proqqa pasaytirildi. Umumiy sig‘imi 201,2 ming portdan ortiq bo‘lgan Internetga keng polosali ulanish qurilmalari o‘rnatildi.

2019

“Demand”dan “IPTV+Video” xizmati joriy etildi. “Uz-IX” piring tarmog‘i yo‘lga qo‘yildi. “MyUZTELECOM” mobil ilovasi ishga tushirildi. 8 864 km optik tolali aloqa liniyalari qurildi. 3751 ta yangi baza stansiyalari o‘rnatildi.

2020

37 581 km optik tolali aloqa liniyalari qurildi. Keng polosali ulanish portlarining soni ikki barobarga — 2,3 mln donagacha ortdi. Mobil aloqa baza stansiyalarining soni 18 317 donaga oshdi. “UNITS” innovatsion tariflar paketi joriy etildi.

2021

Xalqaro axborot-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish tezligining 1400 Gbit/sekundgacha ortishi. 50 575 km optik tolali aloqa liniyalari yotqizilishi. 902 ta qo‘shimcha baza stansiyalari o‘rnatilishi. 3,4 mln uy xo‘jaliklari uchun Internet tarmog‘iga keng polosali ulanishning ta’minlanishi.

2022

44 135 km optik-tolali aloqa liniyalari qurilishi. Baza stansiyalarining umumiy soni 20 420 tagacha ortishi. Operatorlar va provayderlar uchun 1 Mbit/s tashqi Internet-kanalning narxi pasaytirilishi. Buxoro shahrida “Google” kesh-serverining ishga tushirilishi.

2023

“UZTELECOM” ketma-ket uchinchi marta “Yil brendi” mukofoti laureati bo‘ldi. 66 988 kilometrdan ziyod optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi. 6 000 dan ortiq yangi baza stansiyalari ishga tushirildi va modernizatsiya qilindi. Toshkent va Samarqand shaharlari 5G tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olindi. Internetga yuqori tezlikdagi ulanish uchun qurilmalar sig‘imi 4,8 mln portga ortdi. “Telecom TV” platformasi ishga tushirildi. “PUBG” mobil o‘yini uchun “Tencent” CDN-serverlarini mahalliylashtirish loyihasi amalga oshirildi. Mobil aloqa abonentlari uchun “VoLTE” texnologiyasi joriy etilishi boshlandi.

keyingi bo'limga o'tish

Barqaror rivojlanish maqsadlari va Kompa­niyaning 2024-­yilda ularga erishishga qo‘shgan hissasi