Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Hisobotning salmoqli mavzulari va chegaralarini belgilash

GRI 1-1, 2-2, 3-1, 3-2, 3-3

“O‘zbektelekom” AK o‘zaro hurmat, hamkorlik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan holda, barcha manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro munosabatlar va konstruktiv hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Kompaniya barcha steykxolderlar bilan, ularning kutilmalari va ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash uchun, barcha tomonlar manfaatlarining muvozanatlangan hisobini ta’minlab, ochiq muloqotni muntazam qo‘llab-quvvatlab keladi.

GRI 3 standartlari realizatsiyasi doirasida salmoqlilikni baholash jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oldi:

Biznes, jamiyat va atrof-muhitga salmoqli ta’sir ko‘rsatish salohiyatiga ega barqaror rivojlanishning salmoqli mavzularini identifikatsiyalash;

Manfaatdor tomonlar, jumladan aksiyadorlar, mijozlar, hamkorlar, xodimlar, davlat organlari va mahalliy hamjamiyatlar vakillarini belgilash;

Har bir mavzuning Kompaniya faoliyatiga ta’sirini strategik ahamiyat, operatsion xatarlar, ehtimoliy moliyaviy oqibatlar, raqobat afzalliklari va obro‘ omillari nuqtayi nazaridan baholash;

Biznes uchun salmog‘i va tashqi manfaatdor tomonlardan qayta aloqa tahlili asosida mavzularni ustuvorlash.

Ushbu hisobotni tayyorlash doirasida so‘rov o‘tkazildi, unda turli manfaatdor tomonlarni taqdim etuvchi 40 nafar respondent qatnashdi. Qatnashchilarga barqaror rivojlanishning 18 ta mavzusining ahamiyatini Kompaniya tomonidan ochib berilganlik nuqtayi nazaridan:

past salmoqlilik

o‘rtacha salmoqlilik

yuqori salmoqlilik

01

Biznesning uzluksizligini ta’minlash: telekommunikatsiyalar sohasida uzluksiz va sifatli xizmatlar taqdim etilishi.

02

Iqtisodiy natijaviylik.

03

Tejamkor ishlab chiqarish va iste’mol tamoyillarini joriy qilish, birgalikda foydalanish iqtisodiyoti.

04

Telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash orqali raqamli iqtisodiyot rivojiga xizmat qilish.

05

Chiqindilar bilan ishlash.

06

Iqlim o‘zgarishi (issiqxona gazlari tashlamasi).

07

Suv resurslari va bioxilma-xillik.

08

Energiya iste’molini qisqartirish va energiya samaradorligini oshirish.

09

Ijtimoiy ta’sir: O‘zbekiston Respublikasida jamiyat oldida turgan joriy vazifalarga javob beruvchi xizmatlar va servislarni yaratish.

10

Xodimlar farovonligi va mehnatni muhofaza qilish.

11

Mobil aloqaning salomatlikka ta’siri.

12

Xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va ma’lumoti.

13

Faoliyat hududlarida ijtimoiy dasturlar va mahalliy hamjamiyatlarni rivojlantirish.

14

Yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik — yetkazib berishning mas’uliyatli silsilasini shakllantirish.

15

Maxfiylik va xavfsizlik: mijozlar va hamkorlarning shaxsga doir ma’lumotlari butligini ta’minlash.

16

Mas’uliyatli va xavfsiz Internet-kontent shakllanishi.

17

Kompaniyaning korporativ boshqaruvi shaffofligi va korrupsiyaga qarshi kurashish.

18

Ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun Kompaniya tomonidan innovatsiyalar joriy etilishi.

So‘rov yakunlariga ko‘ra, respondentlar 5 ta ustuvor mavzularni belgiladilar, ularga mazkur hisobotda alohida e’tibor berilgan:

Telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash orqali raqamli iqtisodiyot rivojiga xizmat qilish

Xodimlar farovonligi va mehnatni muhofaza qilish

Energiya iste’molining qisqarishi va energiya samaradorligining oshishi

Ijtimoiy ta’sir: O‘zbekiston Respublikasida dolzarb ijtimoiy vazifalarga javob beruvchi xizmatlar va servislarni yaratish

Biznes uzluksizligini ta’minlash: telekommunikatsiyalar sohasida xizmatlarning uzluksiz va sifatli taqdim etilishi

Salmoqlilik matritsasi

Mazkur barqaror rivojlanish hisobotida axborotni oshkor qilish “O‘zbektelekom” AK miqyosida va unga idoraviy bo‘ysunuvdagi bo‘linmalar miqyosida, shu’ba korxonalar hisobga olinmagan holda amalga oshiriladi. GRI1 ga muvofiq, tashkilot qamrovi axborotning ishonchliligi va to‘liqligini ta’minlashi lozim. Hisobot tayyorlanishi vaqtida shu’ba korxonalar miqyosidagi jamlanma axborot ishonchlilik va qiyoslashga qobillik mezonlariga muvofiq to‘liq hajmda shakllanmagan bo‘lgan.

Kompaniya butun guruh bo‘yicha qamrov to‘liqligining ahamiyatini tan oladi va barcha shu’ba tashkilotlarda ESG-axborotni to‘plash jarayonlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha choralar ko‘radi. Kelgusi hisobot davrlarida bosqichma-bosqich ularning ma’lumotlarini GRI, SASB talablari va “due diligence” tamoyillariga muvofiq nomoliyaviy hisobot tarkibiga kiritish rejalashtirilmoqda.

keyingi bo'limga o'tish

Korporativ boshqaruv tuzilmasi va organlari