Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Xodimlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va hayot sifatini yaxshilash bo’yicha loyihalar

GRI 401-2

“O‘zbektelekom” AK yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga, mehnat sharoitini yaxshilashga va personalni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshiradi. Kompaniya kasbiy ta’lim, dam olishni tashkil etish, sport va madaniyat tadbirlari bo‘yicha dasturlarni tatbiq etadi, shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlaydi. Ekologik loyihalarga, yoshlarni ijtimoiy tashabbuslarga jalb qilish va teng imkoniyatlarga asoslangan korporativ madaniyatni mustahkamlashga, karyera o‘sishi va mehnat barqarorligiga alohida e’tibor beriladi.

Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning asosiy vositalari Kasaba uyushmasi va 2023-2025-yillar uchun Kompaniya va xodimlar o‘rtasida tuzilgan Yagona jamoa shartnoma sanaladi. Kasaba uyushmasining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Ish beruvchilar konfederatsiyasi o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan tuzilgan Bosh jamoaviy kelishuv, shuningdek, Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda AKT va ommaviy kommunikatsiyalar xodimlari kasaba uyushmasining respublika kengashi o‘rtasidagi tarmoq kelishuvi sanaladi. Bu hujjatlar “O‘zbektelekom” AKning Yagona jamoa shartnomasi bilan to‘ldiriladi.

Yagona jamoa shartnomasiga muvofiq, xodimlarga qator ustamalar va qo‘shimcha haq to‘lanadi, ularning asosiylari quyidagilardir:

  • dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun ustama;
  • tungi vaqtda ishlaganlik uchun ustama;
  • me’yordan ortiq ishlaganlik uchun ustama;
  • noqulay sharoitlarda ishlovchi xodimlar uchun ish haqining oshirilgan koeffitsiyentlari;
  • kasbiy bayramlar munosabati bilan mukofotlar;
  • yilning sovuq davrida isitishga xarajatlarning qisman kompensatsiyasi;
  • ko‘chib o‘tishga xarajatlar kompensatsiyasi.

“O‘zbektelekom” AK xodimlariga aloqa sohasidagi mehnat staji uchun qo‘shimcha to‘lov to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilingan va aloqa sohasida uzluksiz ish stajiga ega barcha xodimlarga (jumladan, Kompaniya doirasida boshqa lavozimlardan o‘tkazilganda ham) staj davomiyligiga qarab, amalda ishlangan kunlar uchun har yillik ustama to‘lanadi: 1 yildan 3 yilgacha — lavozim maoshining 5 %; 3 yildan 5 yilgacha — 10 %; 5 yildan 7 yilgacha — 15 %; 7 yildan 15 yilgacha — 20 %; 15 yildan 25 yilgacha — 25 %; 25 yildan yuqori stajda — 30 %.

GRI 202-1

“O‘zbektelekom” AK o‘z xodimlarini munosib ish haqi darajasi bilan ta’minlaydi. 2022-yildan 2024-yilga qadar o‘rtacha ish haqining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda:

  • 2022-yilda — 5 268 667 so‘m,
  • 2023-yilda — 8 495 550 so‘m,
  • 2024-yilda — 9 178 883 so‘m.

Minimal ish haqi ham ko‘tarildi: 2022-yilda 1 527 200 so‘mdan 2024-yilda 2 440 515 so‘mgacha, bu mamlakatda belgilangan, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab 1 155 000 so‘mni tashkil qiluvchi eng kam ish haqi miqdori (EKIHM)dan ikki barobardan ko‘proqdir (koeffitsient 2,1 ni tashkil qildi).

Kompaniya mehnatga haq to‘lashning bozor shartlariga va ichki siyosatga muvofiq keluvchi raqobatbardosh darajasini qo‘llab-quvvatlashga intiladi.

Ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlardan tashqari, Kompaniya xodimlarga qator ijtimoiy imtiyozlar taqdim etadi. Xodimlar va ularning oilalari uchun bolalar yozgi oromgohi tashkil etiladi, markaziy apparat va filiallarda esa imtiyozli ovqatlanish yo‘lga qo‘yilgan 12 ta oshxona ishlab turibdi. Shuningdek, xodimlar sanatoriy-profilaktoriyga yo‘llanma olishlari mumkin. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash doirasida turli hayotiy holatlar — nikoh, yaqin qarindosh vafoti, salomatlikka ko‘ra pensiyaga vaqtidan oldin chiqish, shuningdek, tabiiy ofat yoki yong‘indan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishga oid to‘lovlar ko‘zda tutilgan.

Hisobot davrida Kompaniya xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xarajatlar 141 490,7 mln so‘mni tashkil qildi, asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat bo‘ldi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentabrdagi 743-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy viloyati, Buxoro viloyati, Namangan viloyati va Qashqadaryo viloyatidagi filiallarda ishlovchi xodimlarga 6 kungacha qo‘shimcha mehnat ta’tili beriladi.

Kompaniyaning ijtimoiy siyosatida xodimlarga turar joy taqdim etiladigan dastur muhim o‘rin tutadi. 2020-yildan buyon, Kompaniya Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan, eski Avtomatik telefon stansiyalar (ATS) o‘rnida turar joy bilan ta’minlashga muhtoj xodimlar, yosh va ko‘p bolali oilalar va shu kabilar uchun ko‘p qavatli turar joy uylari qurilmoqda.

Berilgan vakolatlar asosida Kompaniya Kasaba uyushmasi turar joyga muhtoj xodimlar arizalarini qabul qiladi va ijtimoiy ehtiyoj mezonlariga ko‘ra saralaydi va eng muhtojlarga ustuvorlik beradi. Turar joy imtiyozli shartlarda, qiymatining 30 % miqdorida birlamchi badal bilan taqdim etiladi, qolgan summa har oy, qo‘shimcha foizlarsiz, 3 yil davomida to‘lanadi. 2024-yilda Kompaniya turar joyga muhtoj xodimlar uchun yana 44 ta xonadon ajratdi. Bu keng ko‘lamli ijtimoiy loyiha hozirda ham amalga oshirilmoqda.

Yoshlar siyosati

“O‘zbektelekom” AK personal tuzilmasida yosh mutaxassislar sonini oshirishga intiladi. Hisobot davrida 30 yoshgacha xodimlar soni 4 132 nafarni tashkil qiladi, ulardan 86 nafari — rahbariyat, 4 046 nafari — boshqa quyi bo‘g‘in lavozimlarida ishlaydi.

Kompaniya yosh mutaxassislar salohiyatni rivojlantirishga sa’y-harakatlarni yo‘naltiradi hamda seminarlar, treninglar va davra suhbatlari o‘tkazadi. Kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda muntazam ravishda korporativ madaniyat va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchi sport tadbirlarini tashkil etadi. Yoshlar siyosati nafaqat bosh ofisni, balki Kompaniyaning butun filiallarini qamrab oladi va karyera yuksalishi uchun teng sharoitlarni yaratadi. Ushbu ish doirasida hisobot yilida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:

  • “O‘zbektelekom” AK yosh xodimlarining huquqiy savodxonligini va shaxsiy salohiyatini oshirishga qaratilgan dolzarb siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy seminarlarni tashkil etish;
  • “Yoshlar haftaligi”ni o‘tkazish;
  • Yoshlarni amaldagi normativ-huquqiy aktlar bilan tanishtirish, jumladan:
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning parlamentga murojaati;
  • “Yoshlar siyosati to‘g‘risida”gi Qonun;

Kompaniya rahbariyati va yosh xodimlar bilan bevosita muloqot, shuningdek, yoshlar tashabbuslari va manfaatlarini aniqlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlarini tashkil etish;

Yosh xodimlarning ma’naviy boyligini ta’minlash maqsadida teatr, kino va muzeylarga tashriflar uyushtirish va boshqalar.

Universitetlar bilan hamkorlik

Yoshlar siyosati doirasida Kompaniya universitetlar va boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantiradi:

  • 2-fevralda “O‘zbektelekom” AK va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi bilan hamkorlik kelishuvi imzolandi;
  • 10-mayda Toshkentda Vebster Universiteti ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi bilan akademik imkoniyatlarni kengaytirish va Kompaniya xodimlari kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Hamkorlik memorandumi imzolandi;
  • 10-sentabrda “O‘zbektelekom” AK va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan 17-son hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi, u tomonlarning telekommunikatsiya va raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlash sohasidagi istaklarini mustahkamladi.

Bunday o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri talabalarga Kompaniyada stajirovkalar o‘tish imkoniyatini taqdim etish bo‘lib, bu ularga amaliy tajriba orttirish, korporativ muhitga moslashish va zaruriy kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarining 1 647 nafar talabasi uchun ishlab chiqarish va diplomoldi stajirovkalari tashkil etildi. Shu bilan birga, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining 16 nafar talabasi va Toshkentdagi Turin politexnika universitetining 27 talabasi uchun malaka va diplomoldi amaliyoti o‘tkazildi.

Kompaniya yosh mutaxassislarning takomillashuvi uchun qulay sharoit yaratishga intiladi, ularning uzluksiz ta’lim va kasbiy rivojlanishga intilishlarini rag‘batlantiradi. Ushbu tashabbus doirasida oliy o‘quv yurtlarida ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan xodimlar uchun mukofotlar ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Yagona jamoa shartnomasiga muvofiq, 2024-yilda xodimlarga 20,24 mlrd so‘mlik ta’lim ta’tili berildi va 190,48 mln so‘m stipendiya to‘landi.

Yoshlar siyosatiga kompleks yondashuv Kompaniyaga qobiliyatli mutaxassislarni jalb etishgina emas, balki mamlakatda ta’limni va kasbiy tayyorlovni rivojlantirishga hissa qo‘shish imkonini ham berdi.

keyingi bo'limga o'tish

Turfa xillik va inklyuzivlik