Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Barqaror rivojlanish maqsadlari va Kompa­niyaning 2024-­yilda ularga erishishga qo‘shgan hissasi

2024-yilda “O‘zbektelekom” AK tomonidan so‘rovnoma o‘tkazildi, unda turli manfaatdor tomonlarning 40 nafar vakili, jumladan steykxolderlar va Kompaniya xodimlari qatnashdi. So‘rovnomadan ko‘zlangan maqsad — Kompaniya uchun asosiy Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ni aniqlash bo‘ldi. So‘rovnoma o‘tkazish natijalariga ko‘ra, 6 ta ustuvor BRM belgilandi:

Munosib ish va iqtisodiy o‘sish. Qashshoqlikni yo‘qotish uchun iqtisodiy va ijtimoiy siyosat qayta ko‘rib chiqilishi lozim.

Industrializatsiya, innovatsiya va infratuzilma. Infratuzilmaga investitsiyalar — barqaror rivojlanishning asosiy omilidir.

Notenglikni qisqartirish. Ham mamlakat ichida, ham mamlakatlararo notenglik darajasini pasaytirish lozim.

Barqaror shaharlar va aholi punktlari. Infratuzilmani rivojlantirish shaharlar va aholi punktlari barqarorligiga xizmat qiladi.

Iste’mol va ishlab chiqarishning oqilona modellariga o‘tishni ta’minlash. Maqsad “kamroq resurs bilan ko‘proq va sifatliroq natijaga erishish”dan iborat.

Barqaror rivojlanish manfaatlarida hamkorlik. Barqaror rivojlanishga erishishni global, mintaqaviy va mahalliy miqyoslardagi samarali hamkorliksiz amalga oshirib bo‘lmaydi.

So‘rovnoma 2023- va 2024-yil uchun Kompaniya barqaror rivojlanishi hisobotini tayyorlash doirasida o‘tkazildi. So‘rovnoma manfaatdor tomonlarning turli guruhlariga yuborildi, jumladan:

  • aksiyadorlar,
  • “O‘zbektelekom” AK va uning shu’ba korxonalari rahbariyati,
  • xodimlar,
  • investorlar,
  • hamkorlar (yetkazib beruvchilar, pudratchilar, moliyaviy institutlar),
  • OAV vakillari,
  • notijorat tashkilotlar,
  • mijozlar.

So‘rovnoma GRI, SASB, GSMA и IFRS standartlariga muvofiq ESG (ekologik, ijtimoiy va boshqaruv barqarorligi) sohasidagi Kompaniya uchun eng ahamiyatli mavzularni aniqlashga qaratilgan. Ishtirokchilarga turli iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy-boshqaruv jihatlarining ahamiyatini, shuningdek, Kompaniya faoliyati kontekstida BMTning 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlarining relevantligini baholash taklif etildi.

Kompaniya uchun asosiy bo‘lgan BRM bo‘yicha natijalar

BRM va vazifalar Loyihalar 2024-yildagi natijalar
8- BRM: Munosib ish va iqtisodiy o‘sish. Qashshoqlikni yo‘qotish uchun iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni qayta ko‘rib chiqish lozim. Xodimlarni o‘qitish va qayta tayyorlash dasturlari (malaka oshirish kurslari, OTMlar bilan hamkorlik). 2024-yilda 16 488 nafar xodim o‘qitildi.
9- BRM: Industrializatsiya, innovatsiya va infratuzilma. Mustahkam infratuzilmani yaratish, keng qamrovli va barqaror industrializatsiya va innovatsiyalar amalga oshirilishida ko‘maklashish. Ijtimoiy imtiyozlar (turar joy, tibbiy yordam, moddiy ko‘mak). Xodimlarga 44 ta xonadon berildi.
10- BRM: Notenglikni qisqartirish. Insonlar va mamlakatlar o‘rtasida notenglikni qisqartirish. Aholining ijtimoiy zaif toifalari ishga joylashishini qo‘llab-quvvatlash. 2024-yilda ishga joylashishda qiyinchilikka uchrayotgan fuqarolar uchun 45 ta ish joy zaxiraga olindi.
11- BRM: Barqaror shaharlar va aholi punktlari. Shaharlar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi, yashovchanligi va ekologik barqarorligini ta’minlash. Startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun “UZTELECOM Pitch Day” loyihasi. Texnologik, marketing va tashkiliy innovatsiyalarga xarajatlar 593,421 mln so‘mni tashkil etdi.
17- BRM: Barqaror rivojlanish manfaatlarida hamkorlik. Barqaror rivojlanishga erishishni global, mintaqaviy va mahalliy miqyoslardagi samarali hamkorliksiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Yoshlar siyosati (yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, startaplar tanlovi). Hisobot davrida 30 yoshdan kichik 501 nafar xodim ishga joylandi.

keyingi bo'limga o'tish

Xalqaro uyushmalardagi a’zolik