Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Biznes-etika va korrupsiyaga qarshi kurashish

GRI 2-23, 2-24, 2-27

Korporativ etikaning asosiy jihatlari:

Shaffoflik va ochiqlik

Kompaniya biznesni vijdonan va ochiq yuritishga intilib, muntazam ravishda o‘z faoliyati va moliyaviy natijalari haqidagi axborotni oshkor qiladi.

Korrupsiyaga qarshi siyosat

O‘z siyosati doirasida Kompaniya korrupsiyaviy xatarlarni minimallashtirishga, biznes-jarayonlarning shaffofligini oshirish va ishlarni vijdonan yuritish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni tatbiq etadi.

Ijtimoiy mas’uliyat

Kompaniya jamiyat manfaatlarini hisobga olib, ekologik va ijtimoiy yo‘naltirilgan tashabbuslarni joriy etadi, shuningdek, o‘zi faoliyat yuritadigan hududning barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi.

Axloqiy korporativ boshqaruv

Korporativ boshqaruv, jumladan aksiyadorlar va hamkorlar huquqlarini himoya qilish, ishlarni vijdonan yuritish va samarali nazorat tizimi tamoyillariga rioya etish.

Xodimlar bilan vijdonli va adolatli munosabatlar

Xodimlar huquqlariga rioya qilish, kasbiy o‘sish uchun sharoitlar va xavfsiz mehnat muhitini yaratish.

Kompaniya amaliy axloq standartlarini muntazam takomillashtirishga intiladi va eng yaxshi xalqaro amaliyotlarga rioya etib, o‘z siyosatini bozor va jamiyatning o‘zgarib boruvchi talablariga moslashtiradi.

“O‘zbektelekom” AK korrupsiyaga qarshi faoliyatni boshqarishga kompleks yondashuvni amalga oshiradi, u faoliyatning barcha sohalarida korrupsiya xatarlarining oldini olish, aniqlash va minimallashtirishga qaratilgandir. Ushbu yondashuv O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligiga, xalqaro standartlarga va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi eng yaxshi amaliyotlar, jumladan ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari” standartiga rioya etishda asoslangan.

“O‘zbektelekom” AKning korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha faoliyati quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi:

  • O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni;
  • O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni;
  • BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (2003-yil 31-oktabr);
  • ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari” xalqaro standarti;
  • “O‘zbektelekom” AKning Korrupsiyaga qarshi siyosati;
  • “O‘zbektelekom” AK “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risida”gi Nizom;
  • “O‘zbektelekom” AKning boshqa ichki reglamentlari va tartib-taomillari.

Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatning asosiy tamoyillari:

Mutlaqo toqatsizlik

Kompaniya korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz pozitsiyani egallaydi.

Shaffoflik va hisobdorlik

Kompaniyaning barcha biznes-jarayonlari oshkoralik va axborotning manfaatdor tomonlarga ochiqligi tamoyillari hisobga olingan holda quriladi.

Xatarga yo‘naltirilgan yondashuv

korrupsiya xatarlarining muntazam baholanishi salohiyatli tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi.

Preventiv choralar

korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarni joriy etish, xodimlarni o‘qitish va amaliy axloq standartlariga rioya etish ustidan nazorat.

Davlat organlari va jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik

Kompaniya shaffoflikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi tashabbuslarda faol qatnashadi.

“O‘zbektelekom” AKning korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlovchi Komplaens departamenti tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Bo‘linmaning asosiy funksiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ISO 37001:2016 standarti va qonunchilikka muvofiq ichki reglamentlarni ishlab chiqish va dolzarblashtirish;
  • amaliy operatsiyalar ustidan korrupsiyaga qarshi standartlarga muvofiqlik yuzasidan ichki nazorat va monitoring o‘tkazish;
  • ishbilarmonlik etikasi tamoyillari borasida xodimlarni o‘qitish va ularning xabardorligini oshirish dasturlarini tashkil etish;
  • ehtimoliy qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni ko‘rib chiqish va ichki tekshiruvni o‘tkazish;
  • korrupsiya xatarlarini minimallashtirish va korporativ jarayonlarning shaffofligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Korrupsiyaga qarshi nazorat mexanizmlari

Korrupsiya holatlarini samarali aniqlash va oldini olish uchun Kompaniyada ichki va tashqi nazorat mexanizmlari tizimi amal qiladi:

Qoidabuzarlik haqida xabar berish uchun aloqa kanali

ehtimoliy korrupsiya holatlari to‘g‘risida xodimlar va tashqari hamkorlar murojaati uchun maxsus liniya mavjud. Jumladan, murojaat anonim bo‘lishi mumkin.

Ichki audit

korrupsiyaga qarshi siyosatga rioya etish yuzasidan Kompaniyaning tarkibiy bo‘linmalarida muntazam tekshiruvlar o‘tkazish.

Tashqi audit

mustaqil sertifikatlashtirish organlari korporativ taomillarning ISO 37001:2016 standarti va milliy qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshiradilar.

Axloq va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi

hodisalarni ko‘rib chiqish va axloqiy standartlarga rioya etish masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish.

Ishga qabul qilishda barcha yangi xodimlar korrupsiyaga qarshi me’yorlarga rioya etish borasida tekshiruv jarayonidan o‘tadilar. Kompaniyaning barcha tarkibiy bo‘linmalari korrupsiyaga qarshi talablarga rioya etishlari lozim, rahbariyat esa ularning tatbiq etilishiga va samaradorligiga javobgardir.

“O‘zbektelekom” AK qonunchilik va xalqaro standartlardagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, muntazam ravishda Korrupsiyaga qarshi siyosatni tahlil qilish va takomillashtirishni amalga oshiradi. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash korrupsiya xatarlarini minimallashtirish va korporativ mas’uliyat darajasini oshirish uchun ichki jarayonlarni o‘z vaqtida moslashtirish imkonini beradi.

Korrupsiya bilan bog‘liq xatarlarni baholash o‘tkazilgan tarkibiy bo‘linmalar / biznes-jarayonlarning umumiy soni va foizi, soni va %

GRI 205-1

Показатель 2022 2023 2024
Ko‘rsatkich soni % soni % soni %
Korrupsiya bilan bog‘liq xatarlarni baholash o‘tkazilgan tarkibiy bo‘linmalar / biznes-jarayonlar 19 100 31 100 33 100

Bo‘linmalarda va biznes-jarayonlarda korrupsiya xatarlarini baholash

“O‘zbektelekom” AKda xatarlarni boshqarish tizimi doirasida bo‘linmalar va asosiy biznes-jarayonlarda korrupsiya xatarlarining muntazam baholanishi o‘tkaziladi. Bu ish salohiyatli tahdidlarni aniqlashga, oldini oluvchi choralarni tatbiq etishga va Kompaniya faoliyati shaffofligini oshirishga yo‘naltirilgan.

2023-yilda Kompaniyaning 31 ta bo‘linmasida 41 ta biznes-jarayon tahlil qilindi. Baholash yakunlariga muvofiq:

  • 5 ta jarayon xatarning yuqori darajasiga kiritilgan;
  • 21 ta jarayon o‘rta xatar darajasiga ega bo‘lgan;
  • 15 ta jarayon — past xatar darajasida.

Korrupsiyaga qarshi tegishli choralar amalga oshirilgandan so‘ng:

  • 0 ta jarayon yuqori xatar darajasi toifasida qoldi;
  • 5 ta jarayon o‘rta darajaga o‘tkazildi;
  • 36 ta jarayon xatari past deya tasniflandi.

2024-yilda Kompaniyaning 26 ta bo‘linmasida 33 ta biznes-jarayon korrupsiya xatari bo‘yicha baholandi. Baholash natijalariga muvofiq:

  • 11 ta jarayon xatarning yuqori darajasiga kiritilgan;
  • 19 ta jarayon o‘rta xatar darajasiga ega bo‘lgan;
  • 3 ta jarayon — past xatar darajasida.

Korrupsiyaga qarshi tegishli choralar amalga oshirilgandan so‘ng:

  • 3 ta jarayon yuqori xatar darajasi toifasida qoldi;
  • 9 ta jarayon o‘rta darajaga o‘tkazildi;
  • 21 ta jarayon xatari past deya tasniflandi.

Korrupsiyaga qarshi siyosat va tartib-taomillar masalalari borasida xabardor qilish va o‘qitish

GRI 205-2

100%

xodimlar

2024 yilda kompaniy antikorrupsiya siyosati bilan tanishtirildi

979

ta xodim

2024 yilda maxsus antikorrupsiya ta’limidan o’tdi

“O‘zbektelekom” AK xodimlarning Korrupsiyaga qarshi siyosat tamoyillari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirishga va biznesni axloqiy yuritish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan o‘quv dasturlarini joriy etishga alohida e’tibor beradi. Korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida 2024-yilda turli xodimlar toifalari uchun axborot va o‘quv tadbirlari o‘tkazildi.

Hisobot davrida 100 % ma’muriy-boshqaruv personali, ishlab chiqarish personali xodimlari va boshqaruv a’zolari Kompaniyaning Korrupsiyaga qarshi siyosati va ichki tartib-taomillari bilan tanishdilar.

Jumladan:

  • 725 nafar ma’muriy-boshqaruv personali xodimlari;
  • 16 095 nafar ishlab chiqarish personali xodimlari;
  • 5 nafar ijro organi xodimlari.

Korporativ ta’lim tashabbuslari doirasida 2024-yilda 979 nafar xodim korrupsiyaga qarshi maxsus kurslarda o‘qitildi, jumladan:

  • 975 nafar xodim — O‘zbekiston Respublikasida;
  • 4 nafar xodim — mamlakat tashqarisida.

O‘quv dasturlari Kompaniyaning Korrupsiyaga qarshi siyosatining asosiy qoidalarini, qonunchilik normalari, korrupsiya xatarlarini aniqlashtirish va oldini olish mexanizmlari, shuningdek, hamkorlar va davlat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlarda axloqiy xatti-harakat qoidalarini o‘z ichiga oldi.

“O‘zbektelkom” AK korrupsiyaga qarshi ta’lim tizimini takomillashtirishni davom ettiradi va kelgusida treninglar va testlashning yangi interaktiv formatlarini tatbiq etib, korrupsiyaga qarshi ta’lim tizimini takomillashtirishni davom ettiradi.

2024-yilda korporativ monitoring va ichki nazorat tizimi doirasida “O‘zbektelekom” AKda korrupsiyaning tasdiqlangan holatlari aniqlanmadi. Hisobot davrida korrupsiyaviy qoidabuzarlik uchun xodimning ishdan bo‘shatilishi yoki ularga nisbatan intizomiy chora ko‘rilishi faktlari qayd etilmaydi. Shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra amaliy hamkorlar bilan shartnoma bekor qilinishi yoki uzaytirilishidan voz kechilishi holatlari bo‘lmadi. Yil davomida Kompaniya yoki uning xodimlariga nisbatan korrupsiya bilan bog‘liq birorta ommaviy sud muhokamalari ro‘yxatga olinmadi. Bunday vaziyat oldingi ikkita hisobot davrida ham saqlanib qolgan edi.

GRI 205-3

Bundan tashqari, 2024-yilda qonunchilik va normativ talablar buzilishi holatlari qayd etilmadi. Kompaniya nomiga jarima sanksiyalari yoki boshqa turdagi — na moliyaviy, na ma’muriy xarakterdagi –javobgarlik choralari hisobot davrida ham, undan oldingi ikki yilda ham qo‘llanilmadi.

TC-TL-520a.1

2024-yil yakunlariga ko‘ra, raqobatga qarshi xatti-harakatni tartibga solish bilan bog‘liq sud muhokamalari o‘tkazilmadi.

Korrupsiyaga qarshi faoliyatning reyting baholanishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qaroriga muvofiq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) har yili tashkilotlarning reyting baholanishini o‘tkazadi. Monitoring “E-Anticor.uz” elektron platformasidan foydalangan holda amalga oshiriladi, bu esa korrupsiyaga qarshi faoliyatning xolisligi va shaffofligini ta’minlaydi.

“O‘zbektelekom” AK bu reytingda faol qatnashib, shaffoflik va korporativ axloqning yuqori standartlariga rioya qilishini tasdiqlaydi. So‘nggi hisobot davri yakunlari bo‘yicha Kompaniya 100 balldan 82 ball to‘pladi, bu esa korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarning natijaviyligidan dalolat beradi.

Ushbu natija quyidagilarni aks ettiradi:

  • Qonunchilikka muvofiqlik. Tatbiq etilgan choralar korrupsiyaga qarshi siyosat sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro me’yorlar talablariga to‘liq javob beradi.
  • Korrupsiyaga qarshi boshqaruvga tizimli yondashuv. Kompaniyada xalqaro ISO 37001:2016 standarti talablariga muvofiq keluvchi korrupsiyaning oldini olishning samarali mexanizmlari tatbiq etilgan.
  • Shaffoflikning yuqori darajasi. Biznes-jarayonlarning ochiqligi va qat’iy nazorat Kompaniyaning barcha bo‘linmalarining hisobdorligini oshirishga xizmat qiladi.
  • Jamiyat va hamkorlar ishonchining ortishi. Ushbu reyting “O‘zbektelekom” AK ishonchli va mas’uliyatli korxona sifatida o‘z obro‘sini mustahkamlab, vijdoniylik va axloq tamoyillariga rioya etishini tasdiqlaydi.

Kompaniya korrupsiya xatarlarini boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishni, ilg‘or amaliyotlarni joriy etish va korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikka va yuksak axloqiy standartlarga amal qilishga asoslangan korporativ madaniyatni shakllantirishni davom ettiradi.

“O‘zbektelekom” AK shaffoflik va milliy qonunchilik siyosatini, shuningdek, korrupsiyaga qarshi xalqaro komplaens standartlarini bosqichma-bosqich amalga oshiradi. Ichki nazorat va ichki komplaensning samarali tizimi korrupsiya xatarlarining oldini olish, yuksak huquqiy madaniyatni ta’minlash va vijdoniy biznes yuritish tamoyillari tarafdori ekanligini tasdiqlash imkonini beradi.

Tezkor aloqa liniyasi

GRI 2-16

Kompaniya shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor berib, korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va oldini olishning samarali mexanizmlarini tatbiq etadi. Bunday vositalar sirasida Tezkor aloqa liniyasi mavjud, u xodimlar, hamkorlar va mijozlarga korrupsiya va noqonuniy xatti-harakatlar faktlari haqida xabar berish imkonini yaratadi.

Murojaatlar taqdim etish uchun aloqa kanallari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi (https://pm.gov.uz);
  • Kompaniyaning rasmiy veb-sayti va elektron pochta: antikorrupsiya@uztelecom.uz;
  • Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkaunti va Telegram-boti;
  • Maxsus ishonch telefoni: +998 55 501 77 87;
  • Kompaniyaning tegishli organlariga shaxsan yoki yozma murojaat.

Murojaatlar anonim tarzda yoki kontakt ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda taqdim etilishi mumkin. Barcha axborot maxfiy ko‘rib chiqiladi. Faktlar tasdiqlangan holatda materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etishgacha tegishli choralar ko‘riladi.

Kompaniyaning mas’ul bo‘linmalari kelib tushgan xabarlarni tahlil qiladi, ro‘yxatga oladi va tekshiruv o‘tkazadi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, qonunchilik va ichki normativ hujjatlarga muvofiq intizomiy yoki boshqa turdagi choralar ko‘rilishi mumkin.

2024-yilda shikoyatlar taqdim etish mexanizmlari va boshqa jarayonlar orqali ifodalangan holda yuqori boshqaruv organi e’tiboriga yetkazilgan manfaatlar to‘qnashuvi, shuningdek, Kompaniyaning manfaatdor tomonlarga nisbatan salohiyatli va amaldagi salbiy ta’siri borasidagi muhim ahamiyatli holatlar qayd etilmadi.

Kompaniya vijdonli arizachilarni taqdim etilgan xabarlar uchun ehtimoliy bosim yoki ta’qibdan himoyalashni kafolatlaydi.

keyingi bo'limga o'tish

Boshqaruvga yondashuv