Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Boshqaruv raisining murojaati

Hasanov Nazirjon Nabijanovich

“O‘zbektelekom” AK boshqaruvi raisi

Hurmatli aksiyadorlar, hamkorlar va hamkasblar!

E’tiboringizga “O‘zbektelekom” AKning GRI, SASB va GSMA xalqaro standartlariga muvofiq tayyorlangan 2024-yil uchun Barqaror rivojlanish bo‘yicha ikkinchi hisoboti taqdim etilmoqda. Bu hujjatda biz hisobot davri yakunlari bo‘yicha ekologik, ijtimoiy va korporativ sohalardagi eng salmoqli voqealarni va erisha olgan natijalarimizni jamladik.

Kompaniyamiz muntazam ravishda barcha mijozlarimiz va hamkorlarimiz uchun eng yaxshi kelajakni yaratishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda va bu faoliyat Kompaniya filiallari ish yuritadigan hududlarda faol amalga oshirilmoqda. Biz barcha manfaatdor tomonlar uchun ochiq bo‘lishga intilamiz. Hisobotda xizmatlarimizdan foydalanuvchilar, mahalliy hamjamiyatlar vakillari va Kompaniya xodimlarining hayoti sifatini oshirish uchun “O‘zbektelekom” AK tomonidan ekologik va ijtimoiy sohalarda qanday loyihalar amalga oshirilayotganligi, shuningdek, biznes-jarayonlarni yanada samarali va atrof-muhit uchun xavfsiz qilish yo‘lida ular qanday takomillashtirilayotganligi haqida tegishli ma’lumotlar aks ettirilgan.

Hisobot davrida ishlarni muvofiqlashtirish, sifatli boshqaruvni ta’minlash va ekologik, ijtimoiy hamda boshqaruv xatarlarini minimallashtirishni, shuningdek, Kompaniyaning biznes-jarayonlariga “ESG” tamoyillari integratsiya qilinishini ta’minlash uchun Risklarni boshqarish qo‘mitasining funksiyasi kengaytirildi.

Bundan tashqari, Kompaniya infratuzilmasini kengaytirish va yangi texnologiyalarni rivojlantirish ishlari davom ettirildi. 2024-yilda “ICT Week Uzbekistan” doirasida biz “Huawei” bilan birgalikda sinov rejimida 5.5G tarmog‘ini ishga tushirdik, bu esa mamlakatda telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirish uchun yangi ufqlarni ochdi. Shuningdek, Kompaniya tomonidan O‘zbekiston Respublikasida birinchi bo‘lib “VoWiFi” texnologiyasi joriy etildi, ushbu texnologiya orqali abonentlarni mobil signal cheklangan sharoitda ham sifatli va ishonchli aloqa bilan ta’minlashga erishildi.

Ijtimoiy mas’uliyat sohasida Kompaniya mahalliy hamjamiyatlar, yoshlar, Kompaniya ishchi-xodimlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faol ishlarni davom ettirdi. 2024-yilda ijtimoiy dasturlarga Kompaniyaning umumiy xarajatlaridan 2 foizi yo‘naltirildi, bu esa bizning mamlakatda ijtimoiy barqarorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash hamda hayot sifatini oshirishga qo‘shgan hissamizni tasdiqlaydi.

Shuningdek, Kompaniya ekologik xavfsiz texnologiyalarni faol joriy etib boradi. Biz elektr va gibrid transportga o‘tishni va yangi Data-markazlar qurilishida energiya samarador yechimlar joriy etilishini davom ettiramiz.

Aminmizki, barqaror rivojlanish tamoyillari tatbiq etilishini davom ettirish va EIMTga rioya qilish biz uchun nafaqat bozordagi maqomimizni mustahkamlashga, balki mamlakatning barqaror rivojlanishiga va barcha manfaatdor tomonlarning farovonligiga salmoqli hissa qo‘shish imkonini beradi.

Aksiyadorlarimiz va hamkorlari­mizga — ishonch uchun, Kompaniya xodimlariga esa — ushbu hisobotda faxr bilan taqdim etilayotgan yutuqlarimizdagi hissalari uchun minnatdorchilik bildiraman.

keyingi bo'limga o'tish

Kompaniya profili