Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Kuzatuv Kengashi raisining murojaati

Shermatov Sherzod Xotamovich

“O‘zbektelekom” AK Kuzatuv Kengashi raisi

Hurmatli aksiyadorlar, investorlar, mijozlar va hamkorlar!

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2024-yilgi yutuqlarni qamrab oluvchi Barqaror rivojlanish bo‘yicha ikkinchi hisobotini faxr bilan taqdim etadi. Biz diqqat-e’tiborni xizmatlarni kengaytirish va takomillashtirishga qaratdik: yangi mahsulotlar va servislar joriy etildi, butun mamlakat bo‘ylab tarmoq qamrovi sezilarli kengaytirildi, shuningdek, yuqori sifat va taqdim etilayotgan xizmatlar ishonchliligi ta’minlandi. Iqtisodiy hissamiz va “yashil” iqtisodiyotga intilishimiz yaqqol namoyon bo‘ldi: biz hududlar rivojiga salmoqli iqtisodiy hissa qo‘shdik va ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni oshirishga, “yashil” iqtisodiyotga o‘tishga, xalqaro moliyaviy resurslarni jalb qilishga, QTEMdan foydalanishga va sirkulyar iqtisodiyotga yo‘naltirilgan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini faol qo‘llab-quvvatlaymiz.

2024-yilda biz qator asosiy siyosatlarni tasdiqlab va chop etiladigan hisobotlar hajmini kengaytirib, Kompaniyadagi shaffoflik darajasini sezilarli oshirdik. Bu manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro munosabatlarimizni mustahkamladi. Biz infratuzilma va raqamli servislarni faol rivojlantirib, butun O‘zbekiston bo‘ylab abonentlar bazasini kengaytirishni va telekommunikatsiya tarmog‘i, jumladan baza stansiyalarni modernizatsiyalash ishlarini davom ettirdik. Kompaniyaning “yashil” iqtisodiyotga o‘tishining monitoringi doirasida, 2024-yilda Risklarni boshqarish qo‘mitasi ta’sis etildi, u Kompaniyada korporativ miqyosda Ekologik va ijtimoiy menejment tizimini boshqaradi.

“O‘zbektelekom” AK uzoq muddatli barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga intiladi, bu barcha manfaatdor tomonlar uchun qo‘shimcha iqtisodiy qiymat yaratish imkonini beradi. Biz har yili barqaror rivojlanish sohasidagi hisobotni chop etib, o‘z taraqqiyotimizni aks ettirishni rejalashtirganmiz. Aksiyadorlarimiz va hamkorlarimizga — ishonch bildirganlari uchun, xodimlarga esa — 2024-yildagi yuksak natijalarga qo‘shgan bebaho hissalari uchun minnatdorchilik bildiraman.

keyingi bo'limga o'tish

Boshqaruv raisining murojaati