Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Xalqaro uyushmalardagi a’zolik

GRI 2-28

Sohaga oid xalqaro va tarmoq uyushmalarida a’zolik Kompaniyaga barqaror rivojlanish bo‘yicha global muloqotning bir qismi bo‘lish, eng yaxshi amaliyotlar va ilg‘or uslubiyotlardan foydalanish, shuningdek, iqlimiy va ijtimoiy maqsadlarga erishish bo‘yicha o‘z hissasini oshirish imkonini beradi.

Bunday tashkilotlarda a’zolik manfaatdor tomonlar kutilmalarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi, ESG-strategiyani qurishda ko‘maklashadi, shuningdek, Kompaniyaning, xalqaro bozorning mas’uliyatli va shaffof ishtirokchisi sifatida, obro‘sini mustahkamlaydi. Bundan tashqari, bu hamkorlik, tajriba almashish va barqaror moliyalashtirishni jalb qilish uchun imkoniyatlarni kengaytiradi. “O‘zbektelekom” AK quyidagi xalqaro va tarmoq uyushmalarida ishtirok etadi:

International Telecommunication Union (ITU), “O‘zbektelekom” AK “ITU” tadbirlarida 2016-yildan buyon ishtirok etadi, 2016-yil sentabrda ular Toshkentda “Innovative ICT Technologies” ITU-seminarini, 2017-yilda Samarqandda “Smart Sustainable Cities” tadbirini o‘tkazdilar.

“O‘zbektelekom” vakillari har yili Butunjahon elektr aloqani rivojlantirish konferensiyalari (WTDC)da, “ITU Telecom World” forumlarida, shuningdek, standartlashtirish, raqamli transformatsiya, barqaror rivojlanish va kiberxavfsizlik masalalariga oid ishchi sessiyalarda qatnashib keladi. Kompaniyaning “aqlli shaharlar”ni rivojlantirish bo‘yicha “ITU” tashabbuslarida ishtirok etishi alohida salmoqli bo‘ldi, ular doirasida “O‘zbektelekom” AK tomonidan O‘zbekistonda shahar infratuzilmasini raqamlashtirish konsepsiyasi ilgari surilmoqda.

Bundan tashqari, Kompaniya “ITU”ning mintaqaviy ofislari bilan faol hamkorlik qiladi va Markaziy Osiyo mamlakatlarida telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv dasturlarida, qo‘shma tadqiqot loyihalarida va ishchi guruhlarda qatnashadi.

Shu tariqa, “ITU” bilan hamkorlik “O‘zbektelekom” uchun ilg‘or xalqaro tajribadan foydalanishni ta’minlovchi, global telekom-makonda Kompaniyaning maqomini mustahkamlovchi va mamlakatning jadal raqamlashtirilishiga ko‘maklashuvchi muhim strategik platforma bo‘ldi.

“O‘zbektelekom” AKning “ITU”ga a’zoligi: 2016-2017-yillardan buyon.

Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik (AMH), “O‘zbektelekom” AK AMH tadbirlarida kamida 2018-yildan buyon qatnashadi, o‘shandayoq Moskva shahridagi Xalqaro texnologik kongressda Kompaniya AMH Operatorlar kengashining majlisida tomonlardan biri sifatida ishtirok etgandi.

O‘sha vaqtdan beri “O‘zbektelekom” AKning AMH faoliyatidagi ishtiroki barqaror va tizimli xarakterga ega bo‘ldi. Kompaniya profildagi forumlar, konferensiyalar va ishchi guruhlar yig‘ilishlarida muntazam qatnashib, MDH makonidagi telekommunikatsiyaviy hamkorlik rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

2018-yildan hozirgi kunga qadar, “O‘zbektelekom” AMH Elektr aloqasi operatorlari kengashining yig‘ilishlarida, transchegaraviy tarfik almashinuvi, roumingni tartibga solish masalalari muhokamasida, shuningdek, mintaqada raqamli transformatsiya va aloqa standartlarini uyg‘unlashtirish tashabbuslarida faol qatnashadi. Ayniqsa, AMH doirasida kelishuvlar loyihalarini tayyorlash va kelishishdagi, shuningdek kiberxavfsizlik, raqamli rivojlanish va aloqa infratuzilmasidan birgalikda foydalanish masalalari bo‘yicha ishchi guruh faoliyatidagi ishtirokni alohida qayd etish o‘rinli.

Shu tariqa, “O‘zbektelekom” AK uchun AMH muloqot maydonchasigina emas, balki mintaqaviy hamkorlik, tajriba almashinuvi va tezkor rivojlanayot an aloqa tarmog‘ida umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishning o‘ta muhim vositasi hamdir.

“O‘zbektelekom” AKning AMHga a’zoligi: 2018-yildan buyon

Markaziy Osiyo Sun’iy intellekt uyushmasi (AICA), SI sohasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, 12 ta ustuvor tarmoqda uni joriy etish va raqamli axloqni ommaviylashtirishni o‘z maqsadi deb biladi.

2025-yil 12-fevralda “O‘zbektelekom” AKning Markaziy Osiyo Sun’iy intellekt uyushmasi (AICA)ga rasmiy a’zo bo‘lishi Kompaniyaning raqamli transformatsiya strategiyasi va ilg‘or texnologiyalar sohasidagi maqomining mustahkamlanishida muhim davr bo‘ldi.

“AICA”ga a’zo bo‘lib, “O‘zbektelekom” AK shunchaki texnologik taraqqiyot bilan hamohang harakatlanish emas, balki SI mintaqaviy ekotizimini shakllantirishda faol qatnashish istagida ekanini bildirdi. A’zolikning birinchi oylaridayoq, Kompaniya Uyushmaning katta ma’lumotlar tahlili, jarayonlarning intellektual avtomatizatsiyasi va yangi avlod raqamli platformalar sohasidagi yechimlarni ishlab chiqish va tatbiq etishga yo‘naltirilgan ekspert sessiyalari, ishchi guruhlari va loyihaviy tashabbuslariga qo‘shildi.

Shu tariqa, “AICA”ga a’zolik bu shunchaki obro‘ maqomi emas, balki “O‘zbektelekom” AK raqamli kelajak lokomotivlaridan biri bo‘lgan O‘zbekistonning mintaqaviy va global SI-kun tartibiga integratsiyasidagi real ilgarilashdir.

“O‘zbektelekom” AKning “AICA”dagi a’zoligi: 2025-yil 12-fevraldan boshlab.

Carrier Community (СС) — bu 2008-yilda tashkil etilgan va o‘z a’zolari uchun dunyoning turli shaharlarida Operatorlar umumjahon hamjamiyatining har yilgi yig‘ilishlarini tashkil etuvchi global telekommunikatsiya klubi. CC media uchun, tarmoq hamkorligi va telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha ulgurji yetkazib beruvchilar hamda telekom ekotizimining hamkorlari uchun tarmoqqa yo‘naltirilgan platformani taqdim etadi. CC statsionar tarmoqlar, ma’lumotlar uzatish, messenjing, ovoz, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, VAS, MVNO, Internet-xizmatlar provayderlari, suvosti kabellar, telekom-markazlar, bulutli yechimlar, yo‘ldoshli aloqa, korxonalar va kontent hamda boshqa tarmoqlarga xizmat ko‘rsatadi.

“O‘zbektelekom” AKning CCga a’zoligi: 2022-yildan buyon.

keyingi bo'limga o'tish

Hisobotni tayyorlash jarayoni va tamoyillari