Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Turfa xillik va inklyuzivlik

GRI 3-3, 405-1, 405-2

“O‘zbektelekom” AK tenglik va inklyuzivlik tamoyiliga rioya qiladi, jinsi, yoshi, irqi yoki boshqa xususiyatlaridan qat’i nazar, barcha xodimlarning kasbiy o‘sishi uchun sharoitlar yaratadi.

2024-yilda Kompaniyada jins, yosh, etnik mansublik, din yoki boshqa asoslarga ko‘ra kamsitishning birorta holati qayd etilmaydi. Kompaniya qator ichki normativ hujjatlar (kodekslar va siyosatlar)da belgilangan teng imkoniyatlar tamoyillariga rioya etadi, Kompaniyaning barcha xodimlari shikoyatlar taqdim etish mexanizmidan foydalanish imkoniyatiga ega va qayta aloqa ichki kanallari orqali murojaat qilishlari mumkin.

Kompaniya siyosati mehnatga, rag‘batlantirish tizimiga va imtiyozlar taqdim etishga adolatli yondashuvga asoslanadi. To‘liq bandlik sharti asosida ishlovchi barcha xodimlar hayotni sug‘urtalash dasturi bilan qamrab olingan. 5 154 nafar xodimga tibbiy xizmat taqdim etiladi, 558 nafar xodim 2024-yilda bola parvarishi uchun ta’til huquqidan foydalandi.

Hisobot yilida rahbarlik lavozimlaridagi ayollar soni avvalgi davrlardagiga nisbatan sezilarli o‘sgani kuzatildi, bu mehnat jamoasida ayollar yetakchiligini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashda ilgarilash ro‘y berganidan dalolat beradi.

Lavozimlar kesimida personalning gender tuzilmasi, kishi

2021 2022 2023 2024
Ko‘rsatkichlar Erkak Ayol Erkak Ayol Erkak Ayol Erkak Ayol
Quyi bo‘g‘in lavozimlari 11 808 4 441 12 179 4 483 11 907 4 295 11 601 4 099
Rahbarlik lavozimlari 962 96 973 112 1 117 139 1 019 106

Personal tuzilmasi, lavozimlar va yosh kesimida, kishi

2021 2022 2023 2024
Ko‘rsatkichlar Quyi bo‘g‘in lavozim lari Rahbarlik lavozim lari Quyi bo‘g‘in lavozim lari Rahbarlik lavozim lari Quyi bo‘g‘in lavozim lari Rahbarlik lavozim lari Quyi bo‘g‘in lavozim lari Rahbarlik lavozim lari
30 yoshgacha 4 904 89 4 810 96 4 579 108 4 046 86
30-50 8 821 764 9 257 773 9 012 929 8 997 841
50 dan yuqori 2 524 205 2 595 216 2 611 219 2 657 198

Shuningdek, 2024-yilda Kompaniya imkoniyati cheklangan xodimlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga nogironlik nafaqasi sifatida 351 mln so‘m yo‘naltirdi.

Gender tenglik va Xotin-qizlar qo‘mitasi

GRI 406-1

Gender tenglik Kompaniyaning asosiy qadriyatlaridan biri sanaladi, chunki teng imkoniyatlar masalalari bevosita xotin-qizlar farovonligi bilan bog‘liq bo‘lib, ularning kasbiy va shaxsiy takomillashuviga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Kompaniyada Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyat yuritadi, chunki xodimlar umumiy sonining 25% ini xotin-qizlar tashkil qiladi. Gender tenglikni ilgarilatish va xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish uchun Kompaniyada maxsus komissiya tashkil etilgan. Shuningdek, 28.06.2022-y.da 257-son buyruq chiqarilgan va Kengashning Xotin-qizlar va erkaklar uchun huquqiy shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha nizomi ishlab chiqilgan.

Kompaniya tezkor liniyasi orqali xotin-qizlarga oid masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushganda Qo‘mita ularni ko‘rib chiqadi va mehnat huquqi, kasbiy rivojlanish masalalari bo‘yicha, shuningdek shaxsiy va oilaviy qiyinchiliklarni hal etishda konsultatsiya qo‘llab-quvvatlovini amalga oshiradi. Bundan tashqari, Qo‘mita ish va oilaviy hayot o‘rtasidagi muvozanatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan korporativ siyosatlarni, jumladan moslashuvchan grafiklar, masofadan ishlash imkoniyatlari va boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq etishda qatnashadi. Xotin-qizlar ta’limi va kasbiy takomili masalalariga alohida e’tibor beriladi — Qo‘mita ularning bilim olishlariga, jumladan ikkinchi oliy ma’lumotga ega bo‘lish va asosiy salohiyatlarini kuchaytirishda ko‘maklashadi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi Ish rejasiga muvofiq, 2024-yilda bosh ofis va filiallar xodimalari uchun quyidagi tadbirlar tashkil etildi:

  • Mehnat jamoalarida ishlovchi ayollar jismoniy faolligini oshirish maqsadida sport musobaqalari o‘tkazildi (shaxmat, shashka, stol tennisi, voleybol va boshqalar);
  • Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan “Sport — salomatlik manbayi” haftalik tashabbusida ayollarning muntazam ishtiroki ta’minlandi;
  • Xodimalar tomonidan sport zallariga qatnash uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan;
  • Ma’naviy darajani oshirish, o‘qish madaniyatini shakllantirish va ilmiy bilimlarni ommalashtirishga qaratilgan “Quiz” intellektual o‘yini tashkil etildi;
  • 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Aziz va muqaddas ayol” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi;
  • Milliy libos va an’analarni ommalashtirish maqsadida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi;
  • O‘zbekiston Respublikasining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar, jumladan xodimalarni taqdirlash va jamoalarda bayram tadbirlarini o‘tkazish va boshqalar tashkil etildi.

Onalikni qo‘llab-quvvatlash

GRI 401–3

2024-yilda 558 nafar ayol Homiladorlik va tug‘ish ta’tilini va/yoki bola parvarishi uchun ta’tilni rasmiylashtirdi. Bunda, 98 nafar xodim ta’til muddati yakunlangandan keyin ishga qaytdi. Hisobot davrida bola parvarishi uchun ta’tilning o‘rtacha davomiyligi — 365 kun.

Homiladorlik va tug‘ish ta’tili hamda bola parvarishi uchun ta’tilni rasmiylashtirgan xodimlar soni

2021 2022 2023 2024
Ko‘rsatkichlar Erkak Ayol Erkak Ayol Erkak Ayol Erkak Ayol
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili va bola parvarishi uchun ta’til olish huquqi bo‘lgan xodimlar soni (O‘zR MK) 0 1 131 0 1 101 0 1 022 0 558
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili va bola parvarishi uchun ta’til rasmiylashtirgan xodimlar soni 0 1 131 0 1 101 0 1 022 0 558
Hisobot davrida bola parvarishi uchun ta’tilning o‘rtacha davomiyligi, kun 0 365 0 365 0 365 0 365

keyingi bo'limga o'tish

Axborot xavfsizligi