Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Boshqaruvga yondashuv

Kompaniya baraqror rivojlanish va iqtisodiy resurslarni mas’uliyatli boshqarish tamoyillariga sodiqligini namoyish qilishda davom etmoqda. Taqsimlangan iqtisodiy qiymat ham ortdi, bu esa xodimlar, davlat va kapital yetkazib beruvchilar foydasiga to‘lovlar o‘sganligini aks ettiradi.

Ish haqi fondi kengayishi Kompaniyaning ijtimoiy jihatlarga va mehnat sharoitlarini yaxshilashga e’tiborini isbotlaydi. Davlatga to‘lovlar (yalpi soliqlar hajmi) umumiy suratda 75 % ga o‘sdi, bunda, foyda solig‘ining pasayishi soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar yoki hisobot davridagi moliyaviy natijalarning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash davom ettirildi va Kompaniyaning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga jalb etilganligini tasdiqladi.

Yaratilgan va taqsimlangan bevosita iqtisodiy qiymat

GRI 201-1

Yaratilgan va taqsimlangan bevosita iqtisodiy qiymat, mlrd so‘m1

Ko‘rsatkich 2022 2023 2024 Chetlanish, %
1. Yaratilgan bevosita iqtisodiy qiymat 6 418 7 865 9 043 13%
Daromad (tushum) 6 220 7 548 8 712 15%
Moliyaviy investitsiyalardan daromad 2 0,996 16 1 546%
Moddiy aktivlar sotilishidan daromad 140 201 172 -14%
Boshqa tushumlar 56 115 143 24%
2. Taqsimlangan iqtisodiy qiymat 3 205 4 386 5 262 20%
Operatsion xarajatlar 1 172 1 359 1 596 18%
Ish haqi, boshqa to‘lovlar va ishchilarga imtiyozlar 1 316 2 066 2 236 8%
- jumladan ish haqi 1 096 1 863 2 021 8%
- jumladan boshqa to‘lovlar va ishchilarga imtiyozlar 220 203 215 6%
Kapital yetkazib beruvchilarga to‘lovlar 345 500 610 22%
- jumladan to‘langan dividendlar 3 0 2 -
- jumladan moliyaviy xarajatlar 342 500 607 22%
Boshqa xarajatlar 0 0 0 -
Davlatga to‘lovlar 309 421 735 75%
jumladan foyda solig‘i 49 63 251 295%
Mahalliy hamjamiyatlarga investitsiyalar 63 41 86 110%
3. Taqsimlanmagan iqtisodiy qiymat 3 213 3 479 3 782 9%

1 Ma’lumotlar dastlabki jamlanma moliyaviy hisobot asosida taqdim etilgan. Kompaniya 2025-yil 31-avgustgacha yakuniy hisob ko‘rsatkichlariga aniqlik kiritish huquqiga ega.

keyingi bo'limga o'tish

Xaridlar tizimi