Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Xaridlar tizimi

Faoliyat va qiymat hosil qilish zanjirining sharhi

GRI 2-6

“O‘zbektelekom” AKning qiymat hosil qilish zanjiri quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

O‘zbekiston Respublikasida statsionar va mobil aloqa, Internetga keng polosali ulanish, IP-televideniye, ma’lumotlar uzatish xizmatlari, bulutli servislar va boshqa telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish;

jihozlar (telekommunikatsiya, tarmoq, “IT”), dasturiy ta’minot, sarflanuvchi materiallar, qurilish va infratuzilmaga xizmat ko‘rsatish xizmatlari, energiya va operatsion faoliyatni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan boshqa tovarlar va xizmatlar xaridi;

aloqa xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlar (jismoniy va yuridik shaxslar), shuningdek, hamkorlik kelishuvlari doirasida “O‘zbektelekom” AK bilan o‘zaro munosabatga kirishuvchi boshqa kompaniyalar.

Boshqa salmoqli amaliy munosabatlar texnologiyalar, jihozlar, kontent yetkazib beruvchilar bilan hamkorlikni, shuningdek, rouming kelishuvlari va trafik almashinuvi doirasida boshqa telekommunikatsiya operatorlari bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi.

2024-yilda “O‘zbektelekom” AK o‘z qiymat hosil qilish zanjirida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq keluvchi sezilarli takomillashtirishlarni amalga oshirdi. Bu ishlanmalar infratuzilma, xizmatlar, tashkiliy tuzilma va normativ talablarga muvofiqlikni qamrab oladi.

Tarmoq infratuzilmasi va texnologiyalarning modernizatsiyasi

Optik tolali tarmoqning kengayishi

2024-yilda

72 572

kilometrdan

ziyod optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi, bu umumiy masofani 286 583 kilometrga yetkazish imkonini berdi.

Bu kengayish mamlakatning

96%

Internetga yuqori tezlikda ulanish bilan ta’minlashga qaratildi.

5G joriy etilishi va 5.5G tarmogini testlash

“O‘zbektelekom” AK barcha hududiy markazlarda

5G

texnologiyasini joriy etdi,

bu O‘zbekistonni MDHdagi umummilliy 5G qamrovga ega birinchi mamlakatga aylantirdi.

Bundan tashqari, Kompaniya 5.5G tarmog‘ini testdan o‘tkazdi, bu O‘zbekistonga dunyodagi ushbu ilg‘or texnologiyani sinab ko‘rgan ilk mamlakatlardan biri bo‘lish imkonini berdi.

Baza stansiyalarining modernizatsiyasi

Kompaniya

2 608

ta yangi baza stansiyasini o‘rnatdi,

mavjud 4 363 tasi modernizatsiya qilindi.

Bundan tashqari,

2 400

dan ortiq obyekt

3G standartidan LTE (4G)ga o‘tkazildi, bu mobil tarmoq unumdorligini oshirish imkonini berdi.

Servisli innovatsiyalar va raqamli takliflar

Unifikatsiyalangan xizmatlar paketlarini joriy etish

uy Interneti, “IP”-telefoniya, televideniye va mobil aloqani yagona tarif rejasiga birlashtiruvchi, mablag‘lar tejalishi va abonentlar uchun qulaylikni ta’minlovchi “Hammasi birga” tarif paketi ishga tushirildi.

Yaxshilangan mijozlar qo‘llab-quvvatlanishi

mijozlar so‘rovlarini optimallashtirish uchun Telegram chat-boti yo‘lga qo‘yildi, bu Kontakt markaziga kelib tushayotgan so‘rovlarning soni 30 % ga qisqarishiga sabab bo‘ldi.

Kengaytirilgan videokuzatuv xizmatlari

kompaniyalarga mijozlar oqimini kuzatish, transport vositalari raqam belgilarini aniqlash va xavfsizlik choralarini kuchaytirish imkonini beruvchi “videokuzatuv” innovatsion xizmati joriy etildi.

2024-yilda amalga oshirilgan o‘zgarishlar “O‘zbektelekom” AKning qiymat hosil qilish zanjirini salmoqli o‘zgartirdi va infratuzilmani yaxshiladi, xizmatlarni diversifikatsiyaladi, tashkiliy tuzilmani optimallashtirib, xalqaro normativ standartlarga muvofiq holatga keltirdi.

Normativ o‘zgarishlar va bozor liberallashuvi

Xalqaro Internet-kanallarga monopoliyaning bekor qilinishi

2025-yil 1-yanvardan O‘zbekistondagi xususiy Internet-provayderlarga xalqaro Internet-kanallarga bevosita ulanishga ruxsat berildi, bu ularning texnik va operatsion imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu o‘zgarish Jahon savdo tashkiloti (JST) standartlariga muvofiqlashtirishga qaratilgan yanada kengroq iqtisodiy islohotlarning bir qismi sanaladi.

Telekommunikatsiyalar sohasida yangi qonunchilik

2024-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi O‘RQ-1015-son Qonuni tasdiqlandi. Unda xizmatlar ko‘rsatish, litsenziyalashtirish ustidan nazoratni amalga oshiradigan va bozorning barcha qatnashchilari uchun adolatli yechimlar qabul qilinishini ta’minlaydigan mustaqil tartibga soluvchi organ tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Muhim mavzularni boshqarish

GRI 3-3

Xaridlar “O‘zbektelekom” AK operatsion faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, Kompaniyani zaruriy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. Ular iqtisodiyotga, atrof-muhitga va insonlarga ham ijobiy, ham salohiyatli salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kompaniya o‘z xarid faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshirib, shaffoflik, samaradorlik va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi. Huquqiy tartibga solish asosini raqobatni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va xaridlar taomilini soddalashtirishga qaratilgan qonunlar va qarorlar tashkil qiladi.

Asosiy normativ hujjatlar:

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida” 2021-yil 22-apreldagi O‘RQ-684-son Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” 2023-yil 3-iyuldagi O‘RQ-850-son Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419-son Qonuni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-avgustdagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4812-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyuldagi “Davlat xaridlari shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5171-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi “Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-332-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-yanvardagi “Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-41-son qarori;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VMQ-276-son qarori;

Kompaniya xaridlari bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilovchi “Xaridlar siyosati”. Ushbu Siyosat Kompaniyaning barcha tarkiby bo‘linmalari va filiallariga tatbiq etiladi.

Xarid faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solinadi.

Xaridlar sohasidagi harakatlarning samaradorligini kuzatib borish uchun “O‘zbektelekom” AK shartnomalar ijrosining monitoringini, imzolangan shartnomalar reyestri yuritilishini va xaridlar jarayonida xatarlar tahlilini qo‘llaydi. Xaridlar faoliyatining shaffofligini oshirish va xarid qilish tartib- taomillarining barcha bosqichlarida korrupsiya xatarlarini minimallashtirish maqsadlarida biznes-jarayonlar avtomatlashtirilishini joriy etib, yuqori korrupsiya xatariga ega bosqichlarga inson omili ta’sirini minimumga tushirishga katta e’tibor beriladi.

Kompaniyaning xaridlar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish komissiyasi mavjud bo‘lib, u o‘z faoliyatida quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

01

ajratilayotgan mablag‘lardan foydalanishda samaradorlik, natijaviylik va tejamkorlik;

02

xaridlar tartib-taomilining ommaviyligi, shaffofligi va ochiqligi;

03

sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash, kamsitishga, xaridlarning muayyan sohalariga cheklovlar yoki preferensiyalar ajratishga yo‘l qo‘ymaslik (amaldagi qonunchilik bilan bunday preferensiyalar belgilangan holatlar bundan mustasno).

Siyosatda belgilangan majburiyatlarni joriy etish

GRI 2-24

Kompaniya boshqaruvi — Xaridlar siyosati amalga oshirilishiga javobgar bo‘lgan yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Xaridlarni bevosita tashkil qilish va o‘tkazish vazifalari Xaridlar komissiyasi zimmasiga yuklatiladi. Komissiya tarkibiga turli tarkibiy bo‘linmalar vakillari kiradi (rahbariyat, Moliya departamenti, Xaridlar departamenti, Yuridik departament va boshqalar). Bu tashkilotning turli darajalarida javobgarlik va nazoratning taqsimlanishini ta’minlaydi.

Xaridlar siyosati Kompaniyaning operatsion tartib-taomillariga integratsiya qilingan bo‘lib, barcha xodimlar hamda filiallar tomonidan uning talablari bajarilishi majburiy hisoblanadi. Xaridlar jarayoni infratuzilmani boshqarish va xizmatlarni taqdim etish bilan bog‘liq, bu tegishli jarayonlar xaritalarida aks etadi. Xaridlar to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda turli omillar, jumladan moliyaviy, texnik va yuridik jihatlar hisobga olinadi.

Yetkazib beruvchilarning dastlabki malakasini baholash tartib-taomili qo‘llaniladi. Xaridlar siyosati va uning tamoyillari yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzishda inobatga olinadi. Komplaens departamenti xaridlarda korrupsiyani o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish, uning sabablarini yo‘qotish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va korrupsiyaga toqatsizlik shakllanishi uchun doimiy monitoringni amalga oshiradi. Bu monitoring doirasida Komplaens departamenti Xaridlar komissiyasiga eng yaxshi takliflar tanlanishida va tenderlar o‘tkazilishida bunday holatlar mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risida axborot beradi. Kontragentlarni tekshirish Kompaniyaning tegishli qo‘llanmasida batafsil tavsiflangan.

Mahalliy yetkazib beruvchilarga xarajatlar ulushi

GRI 204-1

“O‘zbektelekom” AK mahalliy yetkazib beruvchilar bilan ishlashga ustuvor ahamiyat beradi. Geografik jihatdan “mahalliy” deganda va “O‘zbektelekom” AK asosiy faoliyat yurituvchi hudud sifatida Kompaniya ish yuritadigan mamlakat — O‘zbekiston Respublikasi nazarda tutiladi.

2024-yilda mahalliy yetkazib beruvchilar soni jami 1 905 tadan 1 903 tani tashkil qildi, bu xaridlar soni jihatdan 99,90 % ni va summasi bo‘yicha 98,88 % ni tashkil qildi. 2023-yilga nisbatan xaridlar umumiy summasi 16 % ga qirqarganiga qaramay, pulli ifodada mahalliy yetkazib beruvchilar ulushi 2,55 foizlik bandiga ortdi, bu Kompaniyaning ichki bozorni rivojlantirishga va milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga e’tibori o‘sib borayotganidan dalolat beradi.

Xaridlarga xarajatlar, 2023–2024-yy

Mahalliy (o‘zbekistonlik) yetkazib beruvchilardan xaridlarga to‘g‘ri keluvchi xaridlar ulushi 2023-yil 2024-yil Og‘ish, %
Yetkazib beruvchilar soni, jami 1 878 1 905 1
Summa, mln so‘m 1 568 652 1 317 307 -16
Mahalliy yetkazib beruvchilar soni 1 876 1 903 1
Mahalliy yetkazib beruvchilardan xaridlar summasi, mln sum 1 511 075 1 302 551 -14
umumiy sondan % 99,89% 99,90% 0,01 f.b.
umumiy summadan % 96,33% 98,88% 2,55 f.b.

keyingi bo'limga o'tish

Ijtimoiy-iqtisodiy talablarga muvofiqlik