Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

2024-yildagi asosiy voqealar

Yanvar

03.01.2024

“O‘zbektelekom” AK tomonidan Samarqand viloyatining chekka tumanlari (Urgut, Payariq, Bulung‘ur tumanlari)da baza stansiyalari o‘rnatilib, mobil aloqa va Internet sifati yaxshilandi. Kompaniya respublika bo‘ylab tarmoqni kengaytirish rejalashtirilganligini bildirdi.

19.01.2024

“CERT MANAGEMENT” MChJ tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazilgan auditdan so‘ng, “O‘zbektelekom” AK “TÜV Thüringen International (Germaniya)” kompaniyasidan ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi bo‘yicha muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi. Sertifikat Kompaniya va uning tarkibidagi filiallarning butun faoliyatiga taalluqlidir.

31.01.2024

“O‘zbektelekom” AK (“O‘zMobayl” filiali) va “AMIRSOY” MChJ QK o‘rtasida “AMIRSOY” tog‘ kurortida telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash uchun hamkorlik memorandumi imzolandi. “O‘zbektelekom” AK tomonidan infratuzilmani rivojlantirish uchun texnologik qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshiriladi.

Fevral

06.02.2024

“O‘zbektelekom” AK aqlli qurilmalar, jumladan smartfon, planshet va avtomobil gajetlari uchun yangi tariflar to‘plamini taqdim etdi. Internet-trafik hajmi 300 GBdan 1 TBgacha bo‘lgan uchta yillik tarif taklif etildi.

16.02.2024

“O‘zbektelekom” AK va uning shu’ba kompaniyalari Respublika qon quyish markazida tashkil etilgan “Men — donor” aksiyasida qatnashdi. Kompaniyaning 100 nafarga yaqin xodimi aksiya doirasida qon topshirdi.

Mart

25.03.2024

Kompaniya energiya tejamkor texnologiyalar va muqobil energiya manbalarini joriy etishni davom ettirdi. Jumladan, Kompaniyaning Navoiy filiali uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Nurota tumanidagi chekka “Chuya” posyolkasidagi baza stansiyasida quyosh panellarini o‘rnatdi. Kompaniyaning xabar berishicha, hozirda butun respublika bo‘ylab mingdan ziyod tarmoq obyektlari muqobil energiya manbalari bilan ta’minlangan.

Aprel

02.04.2024

Britaniyaning “Brand Finance” agentligi O‘zbekistonning eng qimmatli milliy brendlari reytingini taqdim etdi. Ro‘yxatda yetakchi o‘rinni “O‘zbektelekom” AK egalladi, uning brendi 241 mln dollarga baholandi. Tadqiqot 20 ta kompaniyani qamrab olgan va mamlakatni Global innovatsion indeksda ilgari surishga rahbarlik qiluvchi O‘zbekiston innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslangan.

04.04.2024

Kompaniyaning “Bosh kommutatsiya markazi” filiali xodimlari “Bolalarga hayot hadya etamiz” nomli donorlik aksiyasida qatnashdi. Aksiyada filial rahbariyati, xodimlari va 35 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi.

18.04.2024

Kompaniyaning Sirdaryo filiali tomonidan xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir tashkil etildi. Ekspertlar S. Haqberdiyev va M. Yunusov “Terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash” mavzusida ma’ruzalar taqdim etdilar.

May

01.05.2024

“O‘zbektelekom” AK vakillari Respublika askiya va yumor markazi tomonidan tashkil etilgan “Askiya san’ati tarixini o‘rganishga innovatsion yondashuv va uni amalga oshirish” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida qatnashdi. Shuningdek, Kompaniya, askiya san’atini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbektelekom” huzurida “Do‘stlar klubi” tashkil etilishi to‘g‘risida ma’lum qildi.

03.05.2024

Kompaniyaning “Kontakt markazi” filiali Samarqanddagi “E-com & Retail 2024” xalqaro forumida autsorsing xizmatini taqdim etdi. Filial xizmatlari ko‘rgazma qatnashchilarida qiziqish uyg‘otdi.

Iyun

10.06.2024

“O‘zbektelekom” AK delegatsiyasi Belarusdagi xalqaro “TIBO” AKT forumida qatnashdi. Kompaniya xodimlari sun’iy intellektni rivojlantirish, raqamli integratsiya va innovatsion texnologiyalarga bag‘ishlangan munozaralar va master-klassda qatnashdilar.

14.06.2024

“O‘zbektelekom” AK “5G loyihasi ishga tushirilganligi” uchun CC-Global Awards mukofotini qo‘lga kiritdi. Kompaniya uchta nominatsiyada short-listga kirdi va 2023-yilda 6 000 dan ziyod baza stansiyalari o‘rnatgani va modernizatsiya qilgani uchun mukofot oldi.

24.06.2024

“O‘zbektelekom” AK tomonidan Respublika onkologiya va radiologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiy markazi bilan birgalikda Kompaniyaning 45 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan xodimalar uchun sut bezi saratoni skriningini tashkil etdi. Skriningda 576 nafar ayol qatnashdi.

Iyul

10.07.2024

Kompaniya rahbariyatning yosh xodimlar bilan uchrashuvlarini o‘tkazish amaliyotini davom ettirdi. Sirdaryo filialida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi, unda yoshlar tashabbuslari va ularning Kompaniya rivojiga qo‘shgan hissasi muhokama qilindi. Faol yosh xodimlar minnatdorchilik xatlari va sovg‘alar bilan taqdirlandi.

15.07.2024

Kompaniyaning Qashqadaryo filiali 2023-2024-yillarda 20 ta AirPON (Air Passive Optical Network) qurilmalarini foydalanishga topshirdi. 10 240 nafar abonentga mo‘ljallangan ushbu qurilmalar Qashqadaryo viloyatining chekka tumanlarida yuqori tezlikdagi Internet va boshqa telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Qurilmalarning ishlashi “O‘zkomnazorat” Qashqadaryo viloyat inspeksiyasi tomonidan tekshirildi.

Avgust

19.08.2024

“O‘zbektelekom” AK tomonidan Toshkent Markaziy temir yo‘l vokzalida SIM-kartalar sotuvchi ilk avtomatlashtirilgan terminal (SIM-komat) o‘rnatildi. Qurilma foydalanuvchilarga mustaqil ravishda SIM-karta olish va uni faollashtirish imkonini beradi. Kompaniya shu kabi terminallar tarmog‘ini butun O‘zbekiston bo‘ylab kengaytirishni rejalashtirmoqda.

23.08.2024

“O‘zbektelekom” AKda “Swift Launch” venchur studiyasi startap-loyihalarining pitch-sessiyasi o‘tkazildi. Startaplar sun’iy intellekt va “Edutech” sohasidagi innovatsion loyihalarni taqdim etdi. Ishtirokchilar ekspertlardan konsultatsiyalar oldilar.

24.08.2024

Kompaniya “VoWiFi” texnologiyasini ishga tushirib, abonentlarga mobil tarmog‘i qamrovi cheklangan hududlarda “Wi-Fi” orqali ovozli aloqa va xabarlar almashish imkoniyatini taqdim etdi.

24.08.2024

Kompaniya Buxorodagi Ark maydonida birinchi 5G baza stansiyasini ishga tushirdi. 5G ishga tushirilishi Kompaniya homiyligida “Bukhara Night Race” yugurish musobaqasi o‘tkazilishiga bag‘ishlandi. Kompaniya Buxoro va boshqa hududlarda 5G qamrovini yanada kengaytirish rejalashtirilganligini ma’lum qildi.

28.08.2024

“O‘zbektelekom” AKda O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Kompaniya faxriylari, ekspertlar va xodimlar qatnashdi. Davra suhbatida mamlakatni rivojlantirish, yoshlarning roli va kiberxavfsizlik masalalari muhokama qilindi.

Sentabr

12.09.2024

Kompaniya energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etishni davom ettirdi. Turli tumanlarning ma’muriy binolarida quyosh panellari o‘rnatildi: Nurota tumanida — quvvati 20 kVt, Navbahor tumanida — 15 kVt, Karmana tumanida — 30 kVt va Xatirchi tumanida — 15 kVt. Kompaniya barcha filiallarda muqobil energiya manbalarini joriy etish davom ettirilishi haqida ma’lum qildi.

18.09.2024

Kompaniyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan iyuldan avgustga qadar bo‘lgan davrda parklar va xiyobonlarda 35 ta “Wi-Fi” hududi tahkil qilindi. “Wi-Fi” hududlari ham pulli, ham bepul Internetga ulanish imkoniyatini taqdim etadi. Kompaniya xabar berishicha, hozirgi vaqtda butun respublika bo‘ylab 97 ta obyektda 191 ta “Wi-Fi” hududi mavjud.

20.09.2024

“ICT Week 2024” ko‘rgazmasida “O‘zbektelekom” AK O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri tomonidan ishga tushirilgan 5.5G texnologiyasini taqdim etdi. Shuningdek, Kompaniya yangilangan “MyUZTELECOM” ilovasini, sun’iy intellekt bazasida biznes uchun yechimlar va kiberxavfsizlik sohasidagi yechimlarni taqdim etdi. Kompaniya texnikaning chakana savdosini boshladi va “UZTELECOM Travel” platformasini taqdim etdi.

Oktabr

08.10.2024

Kompaniyaning To‘rtko‘l tuman telekommunikatsiyalar bog‘lamasi chekka aholi punktlaridagi telekommunikatsiya xizmatlari qamrovini kengaytirdi. Optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi va GPON texnologiyasi bo‘yicha yuqori tezlikdagi Internetdan foydalanish imkoniyati yaratilishi ta’minlandi.

18.10.2024

Kompaniyaning Sirdaryo filiali Xovos tuman telekommunikatsiyalar bog‘lamasi xodimlariga murakkab ob-havo sharoitida ishlashda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari to‘g‘risida yo‘riqnomalar berildi va ular tegishli bilimlarga ega bo‘ldilar.

Noyabr

01.11.2024

“O‘zbektelekom” AK mobil tarmoqni modernizatsiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani boshladi. Loyiha mobil aloqa sifatini yaxshilash uchun butun mamlakat bo‘ylab baza stansiyalarini yangilashni o‘z ichiga oladi.

01.11.2024

“O‘zbektelekom” AK delegatsiyasi Istanbuldagi “Mobile Broadband Forum (MBBF) 2024” va “Ultra Broadband Forum (UBBF) 2024” xalqaro forumlarida qatnashdi. Forumlarda mobil va keng polosali foydalanishdagi tendensiyalar, jumladan 5.5G va F5.5.G texnologiyalari muhokama qilindi.

14.11.2024

“O‘zbektelekom” AK Toshkentda o‘tgan “InnoWeek.Uz-2024” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligining texnik hamkori bo‘ldi. Kompaniya tadbirni yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minladi va ishtirokchilar hamda mehmonlarga SIM-kartalar taqdim etildi.

Dekabr

06.12.2024

Kompaniya o‘z xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashishni boshqarish tizimi bo‘yicha o‘quv kursini tashkil etdi. Kurs “CERT Academy” bilan hamkorlikda o‘tkazildi va xalqaro ISO 37001:2016 standartiga asoslandi.

29.12.2024

“O‘zbektelekom” AK “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida “PUBG MOBILE” qishki festivalining texnik hamkori bo‘ldi. Kompaniya uzluksiz Internet-ulanishni ta’minladi va mehmonlarga xizmat ko‘rsatish hududini tashkil etdi.

keyingi bo'limga o'tish

Kompaniya tarixi