Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Barqaror rivojlanish masalalarini boshqarish tizimi va 2024-yil natijalari

GRI 2-13, 2-14, 2-24, 2-25

2024-yilda “O‘zbektelekom” AK asosiy biznes-jarayonlarga barqaror rivojlanish tamoyillarini integratsiyalashga qaratilgan to‘liq funksiyali Ekologik va ijtimoiy menejment tizimi (EIMT) shakllanishini yakunladi. EIMT ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi ESG yondashuvlari institutsionallashuvi va barqaror rivojlanish sohasidagi korporativ boshqaruvning yetukligini oshirishning muhim bosqichi bo‘ldi.

EIMT doirasida tegishli sohalarda korporativ majburiyatlarni va boshqaruv yondashuvlarini tartibga soluvchi to‘rtta asos soluvchi hujjat tasdiqlandi:

  • Barqaror rivojlanish sohasidagi siyosat;
  • Inson huquqlari sohasidagi siyosat;
  • Manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro munosabatlar reglamenti;
  • Ijtimoiy moliyalashtirish siyosati.

Bu hujjatlarning har biri O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, xalqaro standartlar (jumladan GRI, UNGC, SDGs), shuningdek, korporativ ichki reglamentlarning talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Yalpi olganda, hujjatlar Kompaniyaning jamiyat, atrof-muhit va iqtisodiyotga ta’sirini tizimli boshqarishning yagona normativ asosini shakllantiradi.

Tasdiqlangan hujjatlar quyidagilarni belgilaydi:

  • Kompaniyaning barqaror rivojlanish sohasidagi strategik ustuvorliklari va tamoyillari;
  • inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlari va amaliy axloq me’yorlariga rioya etish;
  • jalb qilinganlik va manfaatdor tomonlarning kutilmalarini boshqarishga yondashuvlar;
  • ijtimoiy mas’uliyatli moliyalashni jalb qilish chegaralari.

EIMT konsepsiyasi

EIMT ESG-kun tartibi va xalqaro standartlarning asosiy jihatlarini qamrab oluvchi sakkizta universal tamoyilga tayanadi:

01

Inson huquqlariga rioya qilish;

02

Aholining zaif guruhlari manfaatlarini himoya qilish;

03

Gender tenglik va xotin-qizlar holatini yaxshilash;

04

Erkin, oldindan berilgan va ongli rozilik;

05

Ehtiyotkorlik tamoyili;

06

Hisobdorlik va shikoyatlar taqdim etish mexanizmlarining ommabopligi;

07

Manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro munosabatlar;

08

Telekom-sektor xususiyatlariga moslashtirilgan eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni qo‘llash.

EIBTning to’rt standarti

Barqaror rivojlanish sohasidagi siyosat

Inson huquqlari sohasidagi siyosat

Manfaatdor tomonlar bilan o’zaro aloqalar tartibi

Ijtimoiy moliyalashtirish siyosati

Ekologik va ijtimoiy xavflar

EIMT, shu jumladan tarkibiy bo‘linmalarning va asosiy ijrochilarning hisobdorligi amaldagi korporativ boshqaruv tizimiga kiritilgan. ESG-kun tartibi amalga oshirilishi ustidan funksional boshqaruvni boshqa profilli departamentlar bilan taqsimlangan javobgarlik tamoyili bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiluvchi Transformatsiya va strategik rivojlantirish departamenti amalga oshiradi. Umumiy muvofiqlashtirish ishlari tarkibiga yuqori rahbariyat vakillari kiruvchi Risklarni boshqarish qo‘mitasi ishtirokida amalga oshiriladi.

2024-yilda EIMT joriy etilishi orqali Kompaniya ESG-kun tartibining korporativ boshqaruv darajasida institutsional mahkamlanishini ta’minladi. Bu qaror nomoliyaviy hisobotlar shaffofligini oshirish, ESG-vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalarning javobgarligini kuchaytirish va barqaror rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilgarilashning doimiy monitoringi uchun asos yaratish imkonini berdi.

keyingi bo'limga o'tish

Ichki nazorat va audit tizimi