Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Ish joyidagi xavfsizlik

Xodimlar salomatligi uchun xatar soluvchi omillarni aniqlash ish joyida xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlaridan biri bo‘lib, ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Bu taomil mehnatni muhofaza qilish sohasida akkreditatsiyalangan mustaqil kompaniya tomonidan, Kasaba uyushmasi va Personal bilan ishlash departamenti vakillari ishtirokida o‘tkaziladi. Attestatsiya natijalari bo‘yicha ekspert xulosasi shakllantiriladi, u O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqaritirsh vazirligiga yuboriladi.

Olingan ma’lumotlar Kompaniyaning barcha filiallarida barcha maqomlar uchun lavozim yo‘riqnomalarini ishlab chiqishda qo‘llaniladi. Ularda professional xatarlar darajalari, ehtiyotkorlik choralari, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, munosabat bildirish algoritmlari aniq yozib qo‘yilgan.

Kompaniyada “Baxtsiz hodisalarning tekshiruvini o‘tkazishga talablar” standarti amal qiladi, unga ko‘ra, filiallarda tegishli chora-tadbirlar o‘tkaziladi. 2024-yilda baxtsiz hodisalar ro‘y berishi tezligi va og‘irligi hamda umumiy jarohatlanish ko‘rsatkichlari yuzasidan quyidagilar qayd etildi:

“O‘zbektelekom” AK va filiallarda jarohatlanish ko‘rsatkichlari, kishi

GRI 403-9

Ko‘rsatkichlar 2022 2023 2024
Baxtsiz hodisalarning umumiy soni 4 6 5
Baxtsiz hodisalar chastotasi koeffitsiyenti 0.15 0.24 0.19
FIFR 0.04 0.16 0.04
LTIFR 0.11 0.08 0.15
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, jumladan: 4 4 4
- vaqtinchalik ishlash qobiliyatini yo‘qotish bilan 3 2 4
- o‘lim holatlari 1 2 0
Pudratchilarda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, jumladan: 0 2 1
- vaqtinchalik ishlash qobiliyatini yo‘qotish bilan 0 0 0
- o‘lim holatlari 0 2 1

GRI 403-2

Kompaniyada xavflar identifikatsiyasi va kasbiy xatarlar darajasini belgilash xalqaro va mahalliy standartlarga muvofiq, mustaqil tashqi kompaniyalar (ekspert)larni jalb etgan holda amalga oshiriladi, shuningdek, muntazam tahlil, monitoring, tegishli xatarlarni hujjatlash va jarayonning tashqi auditi ham o‘tkaziladi.

Hisobot davrida xodimlar salomatligiga tahdid soluvchi asosiy ishlab chiqarish xatarlari quyidagilar bo‘ldi: tarmoqda ishlashda elektr toki ta’siri, konstruksiya qulashi natijasida jarohatlar, shuningdek, narvonlar va aloqa tayanchlaridan yiqilish. Ishlab chiqarish travmatizmining to‘rtta holati, jumladan xodimning aloqa tayanchidan yiqilishi bilan bog‘liq bitta o‘lim holati qayd etildi.

2024-yilda telekom-sektoridagi kompaniyalar uchun eng xarakterli baxtsiz holatlar toifalari bo‘yicha quyidagi baxtsiz hodisalar qayd etildi:

Kompaniyada hisobot davridagi baxtsiz hodisalarning asosiy toifalari, kishi

Toifalar 2024
Balandlikdan yiqilish (tayanchlarda, machtalarda, tomlarda ishlaganda) 3
Elektr toki urishi, jumladan:
- liniyalarni ulashda tok urishi
- jihozni noto‘g‘ri ulaganda qisqa tutashuv
- yerlashtirishning mavjud emasligi
1
Yo‘l-transport hodisasi 1
Binoda zararli omillar ta’siri, jumladan:
- issiqlik urishi yoki havo yaxshi aylanmaydigan binolarda nafas bo‘g‘ilishi
- boshqalar
0

2024-yilda “O‘zbektelekom” AKda shtatdagi ishchilar bilan to‘rtta baxtsiz hodisa va pudratchi tashkilot ishchisi bilan bitta baxtsiz hodisa ro‘y berdi. Turar joy tomi qulab tushishi natijasida va yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikkita xodim yengil jarohat oldi, bir xodim aloqa simyog‘ochiga urilishi natijasida og‘ir jarohat oldi, yana biri narvondan tushayotganda, yiqilishi natijasida o‘rtacha og‘irlikda jarohatlandi.

Keltirilgan barcha holatlar Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan belgilangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tekshirildi, shuningdek, belgilangan tartibda pul mablag‘lari to‘landi va N-1 shaklida dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Bunday hodisalarning oldini olish maqsadida Kompaniya xodimlarga tarmoq obyektlarida ishlar bajarishning xavfsiz usullarini o‘rgatish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi, xodimlarni individual himoya vositalari bilan ta’minlaydi va ishlar bajarilishida mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytiradi. Shuningdek, Kompaniya aloqa kabel liniyalari ishchilarining murakkab sharoitlarda ishlash layoqatini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus oziq-ovqat bilan ta’minlaydi.

GRI 403-10

Kompaniyaning ayrim toifadagi xodimlari kasb kasalliklariga chalinishi mumkin, bu ko‘proq kabelchilarning qo‘rg‘oshinli kabel bilan ishlashlari, shuningdek, xodimlarning dizel-generator qurilmalarida ishlashlari bilan bog‘liq, ushbu holat ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish natijasida aniqlangan. Bunda, hisobot davrida soha tibbiyot muassasalarida yoki ish beruvchining tibbiy komissiyasi tomonidan tegishli hujjatlarda qayd etilgan kasb kasalliklari kuzatilmadi. Kasb kasalliklari xatarini minimallashtirish maqsadida Kompaniya tomonidan dizel-generator qurilmalari uchun maxsus ekranlar o‘rnatilishini amalga oshirmoqda.

0

holat

ish bilan bog‘liq kasbiy kasalliklar bo‘yicha tegishli hujjatlar ish beruvchi tibbiy muassasalari yoki tibbiy komissiyalari tomonidan rasmiy qayd etilgan holatlar

2024-yil holatiga Kompaniyaning 96 % xodimi MMvaXT tizimi bilan qamrab olingan. Ulardan 64 kishi ichki va mustaqil auditdan o‘tgan tizim doirasida ishlaydi.

Mehnatni muhofaza qilish va ish joyida xavfsizlik masalalarini boshqarish tizimi bilan qamrab olingan ishchi-xodimlar

GRI 403-8

Ko‘rsatkichlar, kishi 2021 2022 2023 2024 Umumiy xodimlar sonidan %
Kompaniyada mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarish tizimi bilan qamrab olinganlar soni. 14 500 14 098 14 467 14 670 87%
Ichki audit taomilidan o‘tgan Kompaniyada mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarish tizimi bilan qamrab olinganlar soni. 68 68 68 64 0.4%
Mustaqil audit/uchinchi tomon sertifikatlashtirishidan o‘tgan Kompaniyada mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasidagi menejment tizimi bilan qamrab olinganlar soni. 68 68 68 64 0.4%

keyingi bo'limga o'tish

Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘qitish