Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Bandlik

GRI 2-7

Hisobot yili oxiriga Kompaniyada 14 ta hududda 16 825 nafar xodim ishlagan (xotin-qizlar ulushi — 25 %, erkaklar ulushi — 75 %). “O‘zbektelekom” AK xodimlari soni 2023-yildagiga nisbatan taxminan 4 % ga qisqardi.

2021-2024-yy. oxiriga ro‘yxatdagi personalning soni, kishi

Jinsiga ko‘ra ro‘yxatdagi personalning soni, kishi

16 825

odam

2024 yil yakunida «O‘zbektelekom» AK xodimlarining ro‘yxatdagi son ko‘rsatkichi

25%

2024 yilda Kompaniya jamoasidagi ayollar ulushi

Samaradorlik va moslashuvchanlikni oshirish uchun Kompaniyada transformatsiya o‘tkazildi. Kompaniyaning strategik maqsadlariga erishish uchun tuzilma va lavozimlar o‘zgartirildi. Shtat transformatsiyasi sinchkovlik bilan tayyorlanib va rejalashtirilib, keyin amalga oshirildi. Transformatsiyani Kompaniyaning strategik maqsadlari taqozo qildi. Unda, jumladan, xodimlar manfaatlari va huquqlari hisobga olindi.

2024-yilda Kompaniyada erkaklar va xotin-qizlar nisbatida barqarorlik saqlandi, bunda, jamoada xotin-qizlar ulushi o‘rtacha 25 % ni tashkil qildi. Ko‘rsatkich barqaror gender tuzilmasini aks ettirib, barqaror darajada saqlanib qolmoqda.

Kompaniya mamlakatning 14 ta asosiy hududlarida, telekommunikatsiya sohasida faoliyat yuritadi. Xodimlarning eng ko‘p soni Toshkent shahrida jamlangan, bu yerda personal soni 6 678 kishini tashkil etgan Kompaniya bosh ofisi joylashgan.

Filiallar va hududlar bo‘yicha ro‘yxatdagi personalning soni, kishi

2024-yilda Toshkent filialida bir nafar ishchi qisman bandlik shartlarida ishga olingan.

2021-2024-yillarda xodimlarning bandlik turiga ko‘ra nisbati, kishi

Bandlik turi 2021 2022 2023 2024 Chetlanish, %
To‘liq 17 307 17 747 17 458 16 824 -0.04
Qisman 0 0 0 1 0

“O‘zbektelekom” AK barcha ishchi-xodimlari muddatsiz asosda mehnat shartnomasini tuzish orqali ishga qabul qilinadilar.

2021-2024-yy.da shartnoma turiga ko‘ra xodimlarning nisbati, %

Shartnoma turi 2021 2022 2023 2024 Chetlanish, %
Muddatsiz 17 307 17 747 17 458 16 825 -0.04
Muddatli 0 0 0 0 0

Kadrlarni saralash

“O‘zbektelekom” AKda kadrlarni saralash Kompaniyaning kadrlar siyosati va reglamentlangan tanlov-saralash taomillariga muvofiq amalga oshiriladi. Kompaniya korporativ qadriyatlarni qabul qiladigan va zaruriy kasbiy hamda shaxsiy xususiyatlarga ega mutaxassislarni jalb qilishga intiladi. Personalni saralash va yollash jarayoni shaffoflik, xolislik va har qanday belgilarga ko‘ra kamsitishga yo‘l qo‘ymaslikka asoslangan.

Nomzodlarni baholashning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat:

  • professional tayyorgarlik va salohiyatning yuqori darajada bo‘lishi;
  • kerakli ko‘nikma va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • ta’lim muassasalari yoki avvalgi ish joylaridan ijobiy tavsiyalar mavjudligi;
  • tashabbuskorlik va natijaga erishishga intilish;
  • biznes-jarayonlarni yaxshilashni taklif qilish layoqati;
  • yuqori darajada mas’uliyatlilik va kasbiy rivojlanishga intilish.

Personalni saralash jarayoni bir necha bosqichdan iborat:

  • Bo‘sh lavozimni egallash uchun tanlov to‘g‘risida e’lon chop etish.
  • Nomzodlar hujjatlarini qabul qilish va tekshirish (to‘liqligi, haqqoniyligi va malaka talablariga muvofiqligi).
  • Nomzodlar salohiyatini baholash uchun test, suhbat va (yoki) amaliy sinovlar o‘tkazish.
  • Tanlov-saralash natijalarini e’lon qilish.

2024-yilda Kompaniyaga 987 kishi ishga olindi, shulardan 785 nafari erkaklar va 202 nafari — xotin-qizlar.

Ishga qabul qilingan ishchi-xodimlar — jinsi, yoshi va hududi kesimida, kishi

GRI 401-1

Ko‘rsatkich 2022 2023 2024 Chetlanish, %
Ishga qabul qilinganlar, jinsiga ko‘ra
Erkaklar 1 864 994 785 -0.2
Xotin-qizlar 82 63 202 2.2
Ishga qabul qilinganlar, yoshiga ko‘ra
30 yoshgacha 859 750 501 -0.3
30-50 1 034 259 486 0.9
50 yoshdan yuqori 53 48 0 -1
Ishga qabul qilinganlar, hududiga ko‘ra
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 70 12 7 -0.4
Andijon viloyati 101 14 1 -0.9
Buxoro viloyati 110 44 19 -0.6
Jizzax viloyati 31 15 12 -0.2
Qashqadaryo viloyati 91 44 19 -0.6
Navoiy viloyati 94 30 13 -0.6
Samarqand viloyati 158 72 11 -0.8
Namangan viloyati 82 16 8 -0.5
Surxondaryo viloyati 89 57 34 -0.4
Sirdaryo viloyati 54 15 9 -0.4
Toshkent shahri 812 536 830 0.5
Toshkent viloyati 121 139 15 -0.9
Farg‘ona viloyati 67 42 4 -0.9
Xorazm viloyati 66 21 5 -0.8
Jami 1 946 1 057 987 -0.1

GRI 402-1

O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligiga muvofiq, Kompaniya tashkiliy yoki texnologik omillar taqozo qilgan, rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar va ular joriy etilayotgani sabablari haqida kamida ikki oy oldin xodimlarni xabardor qilishi lozim.

Hisobot yilida kadrlar qo‘nimsizligi ko‘rsatkichi 9% ni tashkil qildi, bu o‘tgan yildagi ko‘rsatkichdan 0,6 % ga yuqoridir. Ushbu ko‘payish rejali xarakterga ega bo‘ldi hamda lavozim majburiyatlarining optimizatsiyasi va tashkiliy tuzilmaning transformatsiyasini amalga oshirish, jumladan Koll-markazni mustaqil tashkilot sifatida ajratish bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu o‘zgarishlar biznes-jarayonlar samaradorligini oshirishga qaratildi, bunda, Kompaniya asosiy funksiyalar barqarorligini va zaruriy salohiyat darajasini saqlab qoldi.

Kadrlar qo‘nimsizligi, %

Ko‘rsatkich 2021 2022 2023 2024 Chetlanish, %
Umumiy kadrlar qo‘nimsizligi, % 9 11 6 9 0,6

Bekor qilingan shartnomalar, jins, yosh va hududlar kesimida, kishi

GRI 401-1

Ko‘rsatkich 2022 2023 2024 Chetlanish, %
Bekor qilingan shartnomalar, jinsga ko‘ra
Erkaklar 1 826 939 1 069 0,1
Ayollar 73 68 318 3,7
Bekor qilingan shartnomalar, yoshga ko‘ra
30 yoshgacha 468 282 186 -0,3
30-50 1 026 403 1 149 1,9
50 yoshdan yuqori 405 322 52 -0,8
Bekor qilingan shartnomalar, hududga ko‘ra
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 72 23 17 -0,3
Andijon viloyati 98 24 34 0,4
Buxoro viloyati 98 52 38 -0,3
Jizzax viloyati 26 10 14 0.4
Qashqadaryo viloyati 84 31 27 -0,1
Navoiy viloyati 77 39 55 0,4
Samarqand viloyati 157 68 69 0.01
Namangan viloyati 95 42 29 -0,3
Surxondaryo viloyati 92 53 19 -0,6
Sirdaryo viloyati 46 18 44 1,4
Toshkent shahri 812 508 892 0,8
Toshkent viloyati 101 61 94 0,5
Farg‘ona viloyati 80 54 29 -0,5
Xorazm viloyati 61 24 26 0,1
Jami 1 899 1 007 1 387 0,4

keyingi bo'limga o'tish

Personalni rivojlantirish va o‘qitish