Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Faoliyat geografiyasi

GRI 2-6

“O‘zbektelekom” AK O‘zbekistonning butun hududida, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritadi. Kompaniya ham yirik shaharlarni, ham chekka qishloq joylarini telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlaydi.

“O‘zbektelekom” AK barcha viloyatlar markazlarida

5G

texnologiyasini ishga tushirdi va bu O‘zbekistonni MDH mamlakatlari orasida 5G umummilliy tarmog‘i qoplamiga ega bo‘lgan birinchi davlatga aylantirdi

>500

maktablar va tibbiyot muassasalari

2024 yilda Internetga ulangan qishloq joylarda

286 583

km

umumiy tolali-optik aloqa liniyalari uzunligi

2024-yilda Kompaniya o‘z optik tolali tarmog‘ini (FTTx, GPON) katta ko‘lamda kengaytirishni davom ettirdi, bu avvallari yetib borish qiyin bo‘lgan hududlardagi minglab uy xo‘jaliklari va korxonalarni yuqori tezlikdagi Internetga ulash imkonini berdi. Zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi kabi hududlarda infratuzilmani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“O‘zbektelekom” AK davlat xizmatlarini, jamoat xavfsizligi, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini raqamlashtirish borasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy hokimiyat organlari bilan ham faol hamkorlik qiladi. Masalan, 2024-yilda Kompaniya tomonidan qishloq joylardagi 500 dan ziyod maktablar va tibbiyot muassasalari Internetga ulanishi ta’minlandi, bu ta’lim sifatini yaxshilashga va aholiga tibbiy xizmatlardan foydalanishda qulaylik yaratishga xizmat qiladi.

keyingi bo'limga o'tish

2024-yildagi asosiy voqealar