Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Atrof-muhit muhofazasi (tashlamalarni boshqarish, suv iste’moli, chiqindilar)

GRI 305-1, 305-2, 305-4, 305-6, 303-1, 303-2, 303-5, 306-1, 306-2, 306-3, 306-4, 306-5

“O‘zbektelekom” AK ekologik mas’uliyatni namoyish etib, issiqxona gazlari tashlamalarini nazorat qilib boradi hamda uglerod izini kamaytirishga va energiya samaradorligini oshirishga intiladi. Kompaniya bevosita va bilvosita tashlamalar, shuningdek, tushumga nisbatan ularning intensivligi hisobini yuritadi. Chora-tadbirlar samaradorligini baholash va atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish bo‘yicha kelgusi harakatlarni rejalashtirish uchun uch yillik dinamikani tahlil qiladi.

Uslubiyot

Issiqxona gazlari tashlamalarini baholash (Scope 1)

Issiqxona gazlari (IG) tashlamalarini aniqlash — Kompaniyaning ekologik ta’sirini minimallashtirish uchun asosiy element. Baholash O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, xalqaro standartlarga va IO‘HEG uslubiyotiga asoslangan (2006-y.).2.

2 Chapter 2: Stationary Combustion, available at: Microsoft Word — V2_Ch2_Stationary_Combustion_Final.doc (iges.or.jp)

Tashlamalar toifalari (Scope 1):

Yoqilg‘ining statsionar yoqilishi

qozonlar, pechlar, turbinalar va energiya ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan boshqa jihozlardan tashlamalar.

Transportirovka

korporativ transport (yuk mashinalari, poezdlar, kemalar, samolyotlar, avtomobillar)dan tashlamalar.

Xladagentlar ishlatilishidan IG tashlamalari

(hisobot davrida tashkilot xonalarini kondsionerlash tizimidagi sizib chiqishlar).

Hisoblash uslubiyoti yoqilg‘ining issiqlik hosil qilish qobiliyati koeffitsiyentlari va tashlamalarning standartlashgan koeffitsientlaridan foydalanadi. Yoqilg‘i sarfi va xalagentlar sizib chiqishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘pincha mavjud bo‘lmaydi, bu esa hisob-kitoblar to‘liqligingi cheklaydi.

Bilvosita tashlamalarni baholash tamoyillari (Scope 2)

“Scope 2” energiya (elektr energiyasi, issiqlik, bug‘, sovitish) iste’moli bilan bog‘liq issiqxona gazlari (IG)ning bilvosita tashlamalarini qamrab oladi. Bu tashlamalar IG4 Bayonnomasi xalqaro standarti bo‘yicha majburiy hisobga olinishi lozim.3.

3 Kompaniya chiqindilar utilizatsiyasi uchun o‘z poligoniga ega emas. Shu sababli, chiqindilar bilan bog‘liq IG tashlamalari IG Scope 1 tashlamalari hisobiga kirmaydi.

Hisob-kitob qilish uslubiyoti

Tashlamalar energiya iste’moli inobatga olingan holda, o‘rtacha mintaqaviy tashlamalar intensivligi koeffitsiyenti asosida baholanadi. 2023-yil uchun ma’lumotlar mavjud emasligi sababli, 2020-yil uchun koeffitsiyentlardan foydalanildi. Hisob-kitob uchun Xalqaro energetika agentligining 2022-yil uchun ma’lumotlari qo‘llanildi.

2024-yilda bilvosita tashlamalar (elektr energiyasi bilan bog‘liq tashlamalar)ning 114 449 t CO₂-ekv. gacha sezilarli o‘sishi kuzatildi, bu 2023-yil ko‘rsatkichidan (90 979 t CO₂- ekvivalentda) 25,7 % ga yuqori. Tashlamalar ortishi tarmoqni rivojlantirish va infratuzilmani modernizatsiyalash uchun zarur elektr energiyasi iste’moli oshgani bilan izohlanadi.

Hisobot davrida Kompaniya o‘z operatsion faoliyatida biomassa yoki boshqa biogen materiallardan foydalanmadi. Bevosita tashlamalarning barcha manbalari (Scope 1), jumladan dizel- generatorlar, xizmat transporti va sovitish tizimlari qazib olinadigan yoqilg‘i yoki sanoat gazlaridan foydalanishga asoslangan.

Shu tariqa, CO₂ biogen tashlamalari, CO₂-ekvivalentda hisoblaganda, 0 metrik tonnani tashkil etdi.

Issiqxona gazlarining bilvosita energetik tashlamalari (Scope 2), t CO₂- ekvivalentda

GRI 305-2

Kompaniya bo‘yicha issiqxona gazlari bilvosita tashlamalarining umumiy hajmi (Scope 2), t СO₂-ekvivalentda

Issiqxona gazlarining bevosita tashlamalari (Scope 1)

GRI 305-1

Kompaniya bo‘yicha umumiy hajm, t CO₂-ekv.

Ko‘rsatkich O‘lchov birligi 2022* 2023 2024*
Karbonat angidrid (CO₂) tCO₂-ekv. 13 661 9 789 20 907
Metan (CH₄) tCO₂-ekv. 224 181 224
Azot chala oksidi (N₂O) tCO₂-ekv. 156 102 163

*2022-2024-yy. uchun freonlardan IG tashlamalari bo‘yicha ma’lumotlar tCO₂-ekv. karbonat angidrid gazi toifasidagi IG tashlamalari hajmiga kiritilgan. Xladagentlar yo‘qotilishi — umumiy hajmdan 10 %.

Issiqxona gazlarining solishtirma tashlamasi (mahsulotning uglerod sig‘imi), 2022-2024 yy.

GRI 305-1

IG tashlamalarining umumiy hajmi (Scope 1 va 2)

Ko‘rsatkich O‘lchov birligi 2022 2023 2024*
Issiqxona gazlarining solishtirma tashlamasi (Scope 1 va 2) tCO₂-ekv / mlrd so‘m 16,5 13,4 15,6
Tushum mlrd so‘m 6 220 7 548 8 712

Ozon qatlami yemirilishi salohiyati — bu texnologik sovitish qurilmasida qo‘llaniladigan moddaning, masalan, xladagentning solishtirma xususiyatidir. Ushbu ko‘rsatkich uning molekulyar tuzilmasiga ko‘ra baholanadi. Xlor va brom komponenti molekulada qancha ko‘p bo‘lsa, OPS (ozone depletion potential) qiymati shunchalik yuqori bo‘ladi. Ozon qatlamini yemirish salohiyati — bu kimyoviy modda trixlorftormetan (XFU-11)ning shunday massasiga solishtirganda ozon qatlamiga qanchalik katta zarar keltirishi mumkinligi mezonidir. Ozonni yemirish salohiyati 1,0 ga teng bo‘lgan XFU-11, ozonni yemirish salohiyatini o‘lchash uchun bazaviy ko‘rsatkich sifatida qo‘llaniladi.

Ftor va xlor birikmalari katta faollik bilan ajralib turadi, shu sababli Yerning ozon qatlami bilan ularning o‘zaro ta’siri himoya qobig‘ining jadal yemirilishiga olib keladi. Kompaniya tomonidan 2022-2024-yillarda ishlatilgan xladagentlar spektridan faqat R-22 va HCFC-22 ozon qatlamini kuchsiz yemirish salohiyatiga ega, boshqa ishlatiladigan xladagentlarda ozon qatlamini yemirish salohiyati nolga teng.

Ozonni yemirish salohiyati (OYS) Monreal bayonnomasi va unga o‘zgartishlar shakllanishida nihoyatda muhim mezon bo‘lgan. OYS qiymati turli Ozon qatlamini buzuvchi moddalarning nisbiy stratosfera ozonini yemirish salohiyatiga qiyoslash uchun qo‘llaniladi. OYS umumiy ozonning kompleks o‘zgarishiga ozonni yemiruvchi muayyan moddaning yalpi tashlamalari birligining ushbu kompleks o‘zgarishga nisbati sifatida belgilanadi.

Ozonni yemirish salohiyati turli vaqt davrlari chegarasida o‘zgaradi: ushbu baholashda OYSning 100 yillik chegarasi qo‘llanildi. Moddadaning umumiy OYS ushbu moddaning atmosferaga tushgan miqdorini ushbu modda uchun ozon qatlamini yemirish salohiyatining qiymatiga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.

Xladagentlardan foydalanishdan ozon yemirilishi salohiyati

GRI 305-6

Freon markasi 2022-yilda freon sizib chiqishi hajmi, kg 2023-yilda freon sizib chiqishi hajmi, kg 2024-yilda freon sizib chiqishi hajmi, kg Ozonni yemiruvchi salohiyat, 2022-y. Ozonni yemiruvchi salohiyat 2023-y. Ozonni yemiruvchi salohiyat 2024-y. 2022 ODP, tonna 2023 ODP, tonna 2024 ODP, tonna
R-410А 41.07 51.93 68.99 0 0 0 0 0 0
R-407c 0.00 15.82 24.23 0 0 0 0 0 0
R-22 40.05 41.64 35.51 0.055 0.055 0.055 0.0022 0.0023 0.0020
R-134A 8.14 25.32 13.68 0 0 0 0 0 0
R-600A 2.60 2.50 0.00 0 0 0 0 0 0
R-32A 5.00 3.80 0.00 0 0 0 0 0 0
R-404 2.18 4.11 1.54 0 0 0 0 0 0
HCFC-22 8.16 0.00 0.00 0.055 0.055 0.055 0.0004 0 0
Freondan foydalanishdan 2022-2024-yy. uchun ozonni yemiruvchi umumiy salohiyat 0.0027 0.0023 0.0020

Kompaniya ozonni yemirish salohiyati nolga teng bo‘lmagan freonlarni almashtirishga intiladi, R-410A, R-407c, R-134A, R-600A, R-32, R-404 markali freonlar sizib chiqishi mavjud bo‘lishiga qaramay, ularning yalpi hajmi nisbatan kam va salbiy ta’sirining salohiyati nuqtayi nazaridan ekologiya uchun xavfi kamroq. Bunda, ozonni yemirish salohiyatiga R-22 markali freon asosiy hissa qo‘shadi, Kompaniya uni bosqichma-bosqich almashtirishni rejalashtirmoqda.

Suv iste’moli

“O‘zbektelekom” AK suv resurslarini boshqarishga mas’uliyatli yondashuvni namoyish etib, o‘zining kundalik faoliyatida va ishlab chiqarish sikllarida suv resurslaridan foydalanishni maqsadli ravishda qisqartirmoqda.

“O‘zbektelekom” AK suv resurslari bilan ko‘p jihatdan maishiy hamda ma’muriy va ishlab chiqarish obyektlaridagi texnik ehtiyojlar uchun qo‘llaniladigan markazlashgan suv ta’minoti tizimlari orqali munosabatda bo‘ladi. Oqova suvlar tashlamasi shahar kanalizatsiya tarmoqlariga amaldagi shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi. Suv resurslariga ta’sir qilinishi minimal hajmda amalga oshiriladi, chunki tashkilot suvtalab ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmaydi.

Suvdan foydalanishda maksimal samaradorlikka erishish uchun “O‘zbektelekom” AK quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi qator kompleks choralarni qo‘llaydi:

Tizimli nazorat va hisob

Kompaniya barcha obyektlarida iste’mol qilinayotgan suv hajmlarining qa’iy va muntazam monitoringini yuritadi.

Ilg‘or texnologiyalar tatbiq etilishi

“O‘zbektelekom” AK, suvdan foydalanishni optimallashtirish uchun, zamonaviy santexnika qurilmalari kabi suv tejamkor yechimlarga faol investitsiyalar kiritadi.

Yo‘qotishlarning oldini olish

Kompaniya suv quvurlari tarmog‘iga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlashga, shuningdek, sizib chiqishlarni minimallashtirish uchun eskirgan jihozlarni almashtirishga katta e’tibor beradi.

Tejamkorlik madaniyatini ommalashtirish

“O‘zbektelekom” AK o‘z xodimlari o‘rtasida suv iste’moliga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratilgan xabardorlikni oshirish dasturlarini amalga oshiradi.

Barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya qilinishi Kompaniya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va meyoriy hujjatlari, jumladan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi va “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi asosiy Qonunlarga, shuningdek, sanitariya-gigiena normalariga qat’iy rioya etilishida o‘z aksini topadi.

2022-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrda olinadigan suvning umumiy hajmi kamayishi kuzatildi. Kompaniya bo‘yicha umumiy suv olinishi 2023-yildagi 386 ming m³ dan 2024-yilda 301 ming m³ ga, ya’ni 21,9 % ga qisqardi. Suv taqchil hududlarda umumiy suv olinishi ham 2023-yildagi 330 ming m³ dan 2024-yilda 247 ming m³ ga, ya’ni 25,2 % ga kamaydi. Ham umumiy, ham suv taqchil hududlarda olinadigan suvning butun hajmi tashqi (munitsipal) tashkilotlardan keladi.

2022-2024-yillarda manbalar kesimida umumiy suv olinishi,ming m³

GRI 303-3

Kompaniya bo‘yicha olinadigan suvning umumiy hajmi

Ko‘rsatkich 2022 2023 2024
yer usti suvlari, jumladan yomg‘ir suvlari 0 0 0
yerosti suvlari 0 0 0
dengiz va okeanlar suvi 0 0 0
sanoat suvlari 0 0 0
tashqi (munitsipal) tashkilotlar suvlari 411 386 301

Suv taqchil hududlarda olinadigan suvning umumiy hajmi

Ko‘rsatkich 2022 2023 2024
yer usti suvlari, jumladan yomg‘ir suvlari 0 0 0
yerosti suvlari 0 0 0
dengiz va okeanlar suvi 0 0 0
sanoat suvlari 0 0 0
tashqi (munitsipal) tashkilotlar suvlari 358 330 247

Suv tashlamasi ko‘rsatkichlari ham pasaydi. Kompaniya bo‘yicha tashlamalar umumiy hajmi 2023-yildagi 351 ming m³ dan 2024-yilda 266 ming m³ ga — 24,2% ga qisqardi. Tashlamalarda ham butun hajm tashqi (munitsipal) tashkilotlar suvlariga to‘g‘ri keladi.

2022-2024-yillarda umumiy suv tashlamasi, ming m³

GRI 303-4

Ko‘rsatkich 2022 2023 2024
Butun Kompaniya bo‘yicha umumiy suv tashlamasi hajmi 351 351 266
yer usti suvlari, jumladan yomg‘ir suvlari 0 0 0
yerosti suvlari 0 0 0
dengiz va okeanlar suvi 0 0 0
sanoat suvlari 0 0 0
tashqi (munitsipal) tashkilotlar suvlari 351 351 266
Suv taqchil hududlarda umumiy suv tashlamasi hajmi 330 318 230

Umumiy suv iste’moli miqdori 2023-yildagi 36 ming m³ dan 2024-yilda 35 ming m³ ga — 2,8 % ga qisqardi. Suv taqchil hududlarda suv iste’moli, aksincha, 41,7 % ga (2023-yildagi 12 ming m³ dan 2024-yilda 17 ming m³ ga) oshdi.

2022-2024 yy.da umumiy suv iste’moli, ming m³

GRI 303-5

Umumiy suv iste’moli miqdori

Suv taqchil hududlarda umumiy suv iste’moli miqdori

Suv iste’moli va suv resurslari qayta tiklanishi ko‘rsatkichlari asosida “WWF Water Risk Filter ” tasnifiga muvofiq, O‘zbekistonning aksariyat hududlari “ekstremal suv stressi” zonasida joylashgan (baseline water stress >80%).

Kompaniya filiallari joylashgan, suv tachil bo‘lgan hududlar:

  • Navoiy viloyati (7);
  • Buxoro viloyati (3);
  • Surxondaryo viloyati (11);
  • Samarqand viloyati (9);
  • Jizzax viloyati (5);
  • Sirdaryo viloyati (10);
  • Toshkent viloyati (12);
  • Farg‘ona viloyati (4).

Chiqindilar bilan ishlash

GRI 306-1

O‘z faoliyati jarayonida “O‘zbektelekom” AK ishdan chiqqan telekommunikatsiya qurilmalari ko‘rinishidagi chiqindilar yuzaga kelishiga duch keladi. Bu qurilmalar metall, plastik va oynadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston sanitariya me’yorlari (0127-02-sonli SanQvaN)ga muvofiq, komponentlarining inertligi tufayli xavfsizligi past chiqindilar (4- toifa) sifatida tasniflanadi.

Bunday qurilmalarning hisobdan chiqarilishi va utilizatsiyasi jarayonlari qonunchilik bilan qat’iy tartibga solingan, shu jumladan:

  • asosiy vositalar, jumladan texnologik qurilmalarni hisobdan chiqarish tartibini belgilovchi, Moliya vazirligining 2004-yildagi 101-son buyrug‘i;
  • Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi (bugungi kunda Raqamli texnologiyalar vazirligi)ning telekommunikatsiya tarmog‘ida qurilmalarni bo‘laklash va utilizatsiya qilish qoidalarini belgilovchi 2002-yildagi 40-son buyrug‘i.

Shuningdek, amaldagi normativ hujjatlar bilan, shu jumladan:

  • “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (chiqindilar bilan ishlash qismida);
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5-son Farmoni;
  • Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-oktabrdagi “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi VMQ-606-son qarori.

Kompaniya hisobdan chiqarilgan qurilmalar bilan ishlash borasida quyidagi yondashuvlarni qo‘llaydi:

  • barcha hisobdan chiqarilgan qurilmalar majburiy bo‘laklanadi;
  • Ishchi komissiya komponentlarni baholashni amalga oshiradi va kelgusida ishlatishga yaroqli qismlar foydalanishga qaytariladi;
  • tiklab bo‘lmaydigan qurilmalar utilizatsiya uchun ixtisoslashgan tashkilotlarga topshiriladi:
  • “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ — rangli metallarni tayyorlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi;
  • “O‘zikkilamchiqorametall” AJning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lgan “O‘zmetkombinat” AJ — qora metallolom tayyorlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, yangi qurilmalar o‘rnatilishi faqat sanitariya xizmatlari bilan kelishilgandan so‘ng, amalga oshiriladi, ular kerakli o‘lchov ishlarini o‘tkazadilar va sanitariya pasportlarini taqdim etadilar.

“O‘zbektelekom” AK barcha belgilangan talablarga so‘zsiz rioya etib, atrof-muhitga o‘z ta’sirini minimallashtirishga intiladi va hosil bo‘ladigan chiqindilarning mas’uliyatli boshqaruvini ta’minlaydi. Bunday yondashuv Kompaniyaning O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmog‘ida ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya qilishini namoyish etadi.

2022-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrda hosil bo‘layotgan xavfsiz chiqindilarning miqdori kamayganligi kuzatildi. 2024-yilda xavfsiz chiqindilar hajmi 2 749 tonnani tashkil etdi, bu esa, 2023-yildagi 4 524 tonnadan 39,2 % ga kamayganligini ko‘rsatadi.

Hosil bo‘ladigan chiqindilar hajmini hisoblashda shaffoflikni va milliy talablarga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida, Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga amal qiladi, unga ko‘ra, qattiq maishiy chiqindilar (QMCh) hisobi kub metr (m³)da yuritiladi.

Biroq, ESG-hisobotni yuritish maqsadlarida va ekologik ta’sirni baholash uchun ma’lumotlarni metrik tonna (t)da taqdim etish talab qilinadi. Hudud, iqlimiy sharoit va mavsumiylikka qarab chiqindilarning zichligi farqlanishi mumkinligi tufayli, hisob-kitob uchun o‘rta hisobdagi normativ ko‘rsatkich qo‘llaniladi. Aralash chiqindilarning qabul qilingan hisob-kitob zichligi:

  • 0,445 t/m³ — konvertatsiya uchun tavsiya qilingan QMCh taqribiy o‘rtacha zichligi.

O‘rta hisobdagi koeffitsiyent (0,445 t/m³)dan foydalanish turli obyektlar va hududlar bo‘yicha ma’lumotlarning o‘zaro qiyoslanishini ta’minlash, shuningdek, davrlar kesimida chiqindilar dinamikasi tahlilining aniqligini oshirish imkonini beradi. Zarur hollarda chiqindilar turlariga yoki hududiy xizmatlarning aniqlik kiritilgan ma’lumotlariga ko‘ra koeffitsiyentga tuzatish kiritilishi mumkin.

Hosil bo‘ladigan chiqindilar, turiga ko‘ra, tonnada

GRI 306-3

Ko‘rsatkich 2022 2023 2024
Xavfli chiqindilar 0 0 0
Xavfsiz chiqindilar 5 173 4 524 2 749

Shu kabi tendensiya xavfsiz chiqindilar utilizatsiyasi borasida ham kuzatiladi. Utilizatsiyalangan xavfsiz chiqindilarning umumiy hajmi 2024-yilda 107 tonnani tashkil etdi, bu esa 2023-yildagi 160 tonnadan 33,0 % ga kam. Barcha utilizatsiyalangan xavfsiz chiqindilar “Utilizatsiya bo‘yicha boshqa operatsiyalar” toifasiga kiradi. Takroriy foydalanishga tayyorlov va takroriy foydalanish imkoniyati mavjud emas.

Utilizatsiyalangan xavfsiz chiqindilarning umumiy hajmi, tonnada

GRI 306-4

Ko‘rsatkich 2022 2023 2024
Xavfsiz chiqindilar: 180 160 107
Takroriy foydalanishga tayyorlov 0 0 0
Takroriy foydalanish 0 0 0
Utilizatsiya bo‘yicha boshqa operatsiyalar 180 160 107

TC-TL-440a.1

“O‘zbektelekom” AK faoliyatida to‘plash va qayta ishlashga topshirish kerak bo‘lgan hosil bo‘luvchi chiqindilarning asosiy turi rangli metall parchalari va chiqindilari sanaladi. Bu chiqindilar quyidagi turlarga toifalanadi: mis, alyuminiy va boshqa rangli metallar.

2024-yil yakunlariga ko‘ra to‘plangan va qayta ishlashga topshirilgan rangli metallar hajmi Kompaniya bo‘yicha jami quyidagi hajmni tashkil qildi:

Umumiy hajm:

271,617

tonna

Mis:

86,842

tonna

Alyuminiy:

53,635

tonna

Boshqa rangli metallar:

131,140

tonna

To‘plangan hajmlar to‘g‘risidagi barcha axborot materiallar topshirilishi to‘g‘risidagi amaldagi ma’lumotlarga asoslangan.

keyingi bo'limga o'tish

Tarmoqning o‘ziga xosligi va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va moslashishga qaratilgan chora-tadbirlar