Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Boshqaruvga yondashuv

GRI 403-1, 403-2, 403-3, 403-5, 403-8, 403-9, 403-10

Telekommunikatsiya tarmog‘i murakkab jihozlar ekspluatatsiyasi, balandlikdagi va elektr montaji ishlari, elektromagnit maydonlar ta’siri, shuningdek, kun-u tun uzluksiz aloqani ta’minlash zarurati bilan bog‘liq bir qator o‘ziga xos xatarlarga ega. Bu omillar mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi masalalariga, jumladan xodimlar uchun salohiyatli tahdidlarni kamaytirish borasidagi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tatbiq etishga alohida e’tiborni taqozo qiladi.

Telekommunikatsiya infratuzilmasidagi xavfli obyektlarda xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etish ustidan ishlab chiqarish nazorati xavfsizlikni boshqarish tizimining eng muhim elementi hisoblanadi. U doimiy monitoring, xavfsizlik talablariga nomuvofiqlikni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, profilaktika tadbirlarini tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Ushbu tizim doirasida qonunchilik, normativ aktlar va idoraviy reglamentlar talablarining ijrosi ta’minlanadi.

Hozirda Kompaniya ijroiya apparatida Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi xizmati (MMvaXT) tashkil etilgan va barcha filiallarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi muhandislar ishlamoqda. Kompaniyaning mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining normativ bazasi sifatida ham ichki normativ hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, ham umume’tirof etilgan xalqaro standartlar qabul qilingan.

Asosiy ichki normativ hujjatlar quyidagilardir:

  • Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom”.
  • Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan “Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”.
  • Kompaniyaning 2023-yil 14-noyabrdagi 324-son buyrug‘i bilan amalga kirilgan “O‘zbektelekom” AKda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom”.

Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik va yong‘inga qarshi xavfsizlikni ta’minlashga rioya etish bo‘yicha har yili ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar rejalari. “O‘zbektelekom” AKda 2024-yil uchun Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasiga doir chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida mehnatning xavfsiz shart-sharoitlarini ta’minlash va ishlab chiqarish xatarlarini pasaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.

Asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:

keyingi bo'limga o'tish

Ish joyidagi xavfsizlik