Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Faoliyat yuritilayotgan hududlarda qo‘llab-quvvatlash va hayot sifatini oshirish loyihalari

GRI 203-1

Kompaniya nafaqat bevosita tashkilotga ishga joylashgan o‘z xodimlari, balki o‘zi faoliyat yuritadigan hududlar aholisi haqida ham qayg‘urishga intiladi. Kompaniyada ko‘zda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar 16 ta tarkibiy bo‘linmaning barchasini qamrab oladi va ularning joylashuvidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydi.

O‘zining filial tarmog‘i orqali, Kompaniya bandlik va mahalliy aholi farovonligi darajasini oshirishga ko‘maklashib, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning muhim ko‘rsatkichi Kompaniya barcha xodimlarining 65 % O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishlab, ular rivojiga salmoqli hissa qo‘shayotganidir.

2024-yilda xayriya ishlari va homiylik yo‘nalishlari, mln so‘m

Ko‘rsatkichlar 2022 2023 2024
Homiylik yordamiga xarajatlarning umumiy summasi 46 036 30 119 82 917
Kam ta’minlangan oilalarga yordam - 25 -
Maktablarga yordam 10 000 10 000 14 280
Institutlarga yordam - 400 34 117
Nogironlar va keksalar uylari hamda jamiyatlariga yordam - - 30
Bayram tadbirlarini tashkil etishdagi yordam 2 000 - 4 435
Mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazmalar 26 253 7 667 -
Sport tashkilotlariga yordam 6 976 11 517 26 912
Boshqa tashkilotlarga homiylik yordami 806 510 3 144

Aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini ish bilan ta’minlashda ko‘maklashish

Ijtimoiy himoya va mehnat bozorida teng imkoniyatlarni ta’minlash borasidagi davlat siyosatining ijrosi doirasida, 2024-yilda ishga joylashishda qiyinchilik sezayotgan va mehnat bozorida teng raqobat qilishga qodir bo‘lmagan fuqarolar uchun 45 ta ish o‘rni zaxiraga olindi. Bu choralar, jumladan, nogironligi bor shaxslarni, ta’lim muassasalari bitiruvchilarini, yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalarni, shuningdek, armiyadan bo‘shatilgan va jazoni o‘tash muassasalaridan ozod etilganlarni qamrab oladi.

2024-yil 2-oktabr holatiga yuqoridagi toifalarga kiruvchi 7 076 nafar kishi hisob bazasiga kiritilganligi aniqlandi. Ulardan ish joylari zaxirasiga 12 kishi kiritildi. Hisobot davrida (yil boshidan beri) 12 kishi ish bilan ta’minlandi, jumladan:

  • 5 nafar yolg‘iz va ko‘p bolali, nogironligi bor bolalarni tarbiyalayotgan ota-ona;
  • 10 nafar o‘quv yurtlari bitiruvchilari, jumladan davlat grantlari bo‘yicha oliy ma’lumot olganlar (barchasi ishga joylandi);
  • 3 nafar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida muddatli xizmatni o‘tagandan keyin zaxiraga chiqarilgan shaxs;
  • 2 nafar nogironligi bor shaxs (ikkalasi ham ishga joylandi);
  • 1 nafar jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan shaxs (ishga joylangan qayd etilmagan).

Inson huquqlari sohasidagi siyosat

GRI 406-1

“O‘zbektelekom” AK tomonidan 2024-yilda Inson huquqlari siyosatini tasdiqlandi. Ushby Siyosat Kompaniyaning tenglik, kamsitmaslik, inson qadrini hurmat qilish va bu sohadagi xalqaro standartlarga rioya etishga amal qilishini aks ettiradi. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro normalarga qat’iy rioya qiladi, har qanday shakldagi kamsitish, zo‘ravonlik va ish joyidagi tahqirlashga qarshi turadi, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi xatarlarni boshqarishning eng yaxshi amaliyotlarini tatbiq etadi.

Kompaniyaning ichki jarayonlari teng imkoniyatlarni, inklyuzivlikni, adolatli mehnat shart-sharoitlarini va xodimlar huquqlarini, jumladan fikr bildirish va jamoaviy muzokaralar yuritish erkinligini hurmat qilishga asoslangandir. Kompaniya shaxsga doir ma’lumotlar muhofazasini, siyosiy neytrallikni hamda majburiy va bolalar mehnatidan voz kechishni kafolatlaydi.

Hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlar ham inson huquqlarini hurmat qilish tamoyillari asosiga barpo etiladi: Kompaniya kontragentlardan ushbu Siyosat qoidalariga rioya qilinishini talab qiladi, xabardorlikni ta’minlaydi va bu sohadagi korporativ standartlar tarqalishini rag‘batlantiradi. Xatarlarni baholashga va jamiyat hamda manfaatdor tomonlar bilan ochiq muloqot rivojlanishiga katta e’tibor beriladi.

Shikoyatlar mexanizmlarini boshqarish

GRI 2-16, 2-24, 2-25, 2-26

GRM tizimi (murojaatlarni ko‘rib chiqish mexanizmi) yagona tizimga jamlangan barqaror rivojlanish, majburiy ko‘chirilish, mehnat huquqlari va ESGning boshqa jihatlariga oid masalalar yuzasidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish taomillarini birlashtiradi. Tegishli hujjatda shikoyatlarni ko‘rib chiqish va jarayonlar shaffofligini ta’minlovchi chora-tadbirlar taomillari batafsil tavsiflangan.

Ushbu GRM siyosati yaqinda Kompaniya rahbariyati tomonidan qayta ko‘rib chiqildi va hozirda Murojaatlar bilan ishlash va nazorat departamenti orqali amalga oshirilmoqda. Bunda, GRM funksiyasi Kompaniya xodimlari va jalb qilingan pudratchilar/yetkazib beruvchilar uchun ochiq konsultatsiya kengashlari huzurida ishlovchi amaldagi kasaba uyushmalari funksiyalari bilan kesishmaydi. GRM aholidan va murakkab sharoitdagi zaif hamjamiyatlardan kelib tushgan, loyihalarni amalga oshirishga bog‘liq shikoyatlarni qabul qilish, qayta ishlash va munosabat bildirish tizimini o‘zida aks ettiradi.

Barcha kelib tushayotgan shikoyatlar — qaysi kanal orqali kelib tushganidan qat’i nazar (onlayn, oflayn, telefon yoki boshqa milliy GRM-resurslar orqali) — O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-445-son, 11.09.2017-y.)ga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

“O‘zbektelekom” AKda shikoyatlarni qayta ishlash tartibi

Har bir kelib tushgan, “O‘zbektelekom” AKga yo‘llangan murojaat (shikoyat, so‘rov yoki taklif) quyidagi tartibda shakllantirilgan ko‘rib chiqish jarayonidan o‘tadi:

  • Murojaatning ro‘yxatga olinishi

Murojaat Kompaniyaning Elektron hujjat almashinuvi tizimida ro‘yxatga olinadi va unga kiruvchi raqam beriladi.

  • Tekshirish va ko‘rib chiqish uchun taqdim etish

Verifikatsiyadan so‘ng, murojaat Kompaniya rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi, u mas’ul ijrochini belgilaydi va xizmat topshirig‘ini chiqaradi.

  • РKo‘rib chiqish va javobni tayyorlash

Tayinlangan ijrochi murojaat mazmunini tahlil qiladi, xulosa tayyorlaydi va rasmiy javobni shakllantiradi.

  • Arizachini xabardor qilish

Arizachiga ko‘rib chiqish natijalari aks ettirilgan rasmiy xat yuboriladi. Javob HYBRIT (davlat idoralararo hujjat almashinuvi tizimi) elektron tizimi orqali va/yoki an’anaviy pochta orqali taqdim etiladi.

  • Yopish va arxivlash

Ko‘rib chiqish jarayoni yakunlangandan so‘ng, murojaat yopiladi va hujjatlarni saqlash bo‘yicha belgilangan tartib-taomillarga muvofiq, arxivga topshriladi.

Jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari:

  • Shikoyatlarni qayta ishlash elektron shaklda amalga oshiriladi, u shaffoflikni, kuzatishga layoqatlilikni va muddatlarga amal qilinishini ta’minlaydi.
  • Har bir murojaat ichki nazoratning axborot tizimida qayd etiladi, bu uni yo‘qotish yoki e’tiborsiz qoldirish mumkinligini istisno qiladi.
  • Kompaniya arizachilar bilan qayta aloqani ta’minlaydi va maxfiylikni hamda ta’qibdan himoya qilinishini kafolatlaydi.

Bugungi kunda murojaatlarni ko‘rib chiqish mexanizmi (GRM) 2024-yil 30-oktabrda tashkil etilgan (“O‘zbektelekom” AK 344-son buyrug‘i) Murojaatlar bilan ishlash va nazorat departamenti tomonidan boshqariladi. Korporativ GRM barcha manfaatdor tomonlarni shikoyat yoki murojaat taqdim etishning ochiq va shaffof mexanizmi bilan ta’minlaydi, bunda, arizachining ta’qib va bosimdan himoyalanishi kafolatlanadi. GRMning ishlash tartib-taomili O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-445-son, 11.09.2017-y.)ga muvofiq amalga oshiriladi.

Shikoyatlar va murojaatlar “O‘zbektelekom” AKning rasmiy sayti — (Uztelecom.uz) orqali, “Kontaktlar” bo‘limida taqdim etilishi mumkin, u yerda Kompaniyaning yuridik va jismoniy manzili, aloqa uchun telefon raqamlari va elektron pochtasi ko‘rsatilgan.

Amaldagi GRM ham ichki, ham tashqi murojaatlarni qamrab oladi va, kelib tushgan masalalar xarakteriga qarab, tegishli bo‘linmalar bilan o‘zaro hamkorlikda ishlaydi.

“O‘zbektelekom” AKda murojaatlarni taqdim etish mexanizmi (GRM)

Murojaat kanali Tavsifi Ochiqlik
1 Prezident virtual qabulxonasi (pm.gov.uz) Davlat organlariga murojaat yuborish uchun rasmiy onlayn-platforma 24/7, onlayn
2 Xalq qabulxonalari Butun mamlakat bo‘ylab fuqarolar murojaatlarini qabul qilish uchun jismoniy ofislar Ish vaqtida, oflayn
3 Raqamli texnologiyalar vazirligi Telekommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha fuqarolar va tashkilotlar murojaatlari Onlayn va oflayn
4 Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi Xizmatlar sifati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalasidagi shikoyatlar Onlayn/oflayn
5 “O‘zbektelekom” rasmiy sayti (uztelecom.uz) “Kontaktlar” bo‘limida murojaatning onlayn shakli 24/7, onlayn
6 Tezkor aloqa liniyasi: (71) 200-77-97 Kompaniya mijozlariga xizmat ko‘rsatish markazi Dushanba-shanba, 9:00–18:00
7 Qisqa raqam: 1090 Aloqa va xizmatlar sifati masalalari bo‘yicha universal raqam Kun-u tun
8 КQisqa raqamlar: 1084 va 1099 Muayyan masalalar bo‘yicha aloqa kanallari (masalan, Internet, mobil aloqa va boshqalar) Ish vaqtida
9 Shaxsan tashriflar Sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislari orqali murojaat Ish vaqtida, oflayn
10 Onlayn-chat (uztelecom.uz) Kompaniya rasmiy saytidagi chat 24/7
11 Telegram-bot: @utc_uzbot Telegram orqali soddalashtirilgan aloqa shakli 24/7, mobil qurilmalardan kirish imkoniyati

Hisobot sanasi holatiga ko‘ra, xotin-qizlarga nisbatan shahvoniy shilqimlik holatlari ro‘yxatga olinmagan. Bunday shikoyatlar kelib tushgan holda, Kompaniya ularni barcha maxfiylik me’yorlari va qonunchilik talablariga rioya qilgan holda, “O‘zbektelekom” AK huzuridagi Xotin-qizlar qo‘mitasi ishtirokida ko‘rib chiqilishini kafolatlaydi..

Izohlar:

  • Barcha murojaatlar Arizalar nazoratining axborot tizimida qayd etiladi.
  • Mexanizm ham ichki, ham tashqi shikoyatlarni, jumladan mijozlar, xodimlar, hamkorlar va tartibga soluvchi organlardan murojaatlarni qamrab oladi.
  • Ta’qiblardan himoya qilinishi O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ta’minlangan.

Ijtimoiy moliyalashtirish siyosati

Kompaniya ijtimoiy investitsiyalar va xayriya sohasidagi siyosatni Kuzatuv kengashi qarorlari asosida, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya etgan holda amalga oshiradi. Beg‘araz va homiylik yordamining barchasi mutlaqo qonuniy maqsadlarga yo‘naltiriladi, hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi va aksiyadorlar tomonidan tasdiqlanadi. Kompaniya o‘zining amaliy obro‘siga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday faoliyatini istisno qiladi, shuningdek, xayriyadan asoslanmagan raqobat afzalliklariga ega bo‘lish uchun foydalanishni taqiqlaydi. Xodimlarga Kompaniya nomidan mustaqil ravishda yordam taqdim etilishiga ruxsat berilmaydi.

Ijtimoiy investitsiyalar va xayriya dasturlarini ishlab chiqishda Kompaniya quyidagi bosqichlarga rioya etishga intiladi:

  • muammolar dolzarbligi tahlili va maqsadlarni belgilash;
  • asosiy manfaatdor tomonlarni aniqlash;
  • rejalashtirish va budjetlashtirish;
  • dasturlarni boshqarish, jumladan ularning amalga oshirilishi va monitoringi;
  • dastur qatnashchilarini o‘qitish va malakasini oshirish;
  • dasturlarni yanada takomillashtirish;
  • hisobotlar tayyorlash.

Kompaniya quyidagi uslublar orqali ijtimoiy investitsiyalar va xayriya dasturlari to‘g‘risidagi axborotning shaffofligini ta’minlaydi:

  • Kompaniya rasmiy veb-saytida axborot joylashtirish;
  • barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi hisobotda axborotni chop etish;
  • axborotni OAV orqali va/yoki boshqa usulda tarqatish.

Manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro munosabatlar

GRI 2-26, 2-29, 413-2

“O‘zbektelekom” AK Manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro munosabatlar siyosatini tayyorlab, 2024-yil noyabrda korporativ boshqaruv organlariga tasdiqlash uchun taqdim etgan. Hujjat o‘zaro munosabatlarning asosiy mexanizmlarini, jumladan manfaatdor tomonlarning ustuvor guruhlarini va barqaror rivojlanishning muvofiq maqsadlarini aniqlash uchun har yili o‘tkaziladigan so‘rovga asos bo‘ladigan ichki normativ hujjatlardan foydalanishni belgilaydi.

Olingan ma’lumotlar asosida bu guruhlar uchun ahamiyatli dolzarb mavzular belgilanadi va Kompaniyaning ustuvorliklari shakllantiriladi. Shuningdek, siyosatda kommunikatsiya shakllari va manfaatdor tomonlarning ESG-faoliyatga jalb qilinganligi va barqaror yetkazib berish zanjirlarining rivojlanishi tavsiflanadi.

2024-yilda manfaatlar to‘qnashuvi, shuningdek, Kompaniyaning manfaatdor tomonlarga salohiyatli va amaldagi salbiy ta’siriga oid, shikoyatlar taqdim etish mexanizmi va boshqa jarayonlar orqali ifodalangan, yuqori boshqaruv organiga yetkazilgan nihoyatda muhim masalalar qayd etilmadi.

Mobil aloqa xizmatlarining sifatini ta’minlash:

Aloqa sifati va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash maqsadida, “Telekommunikatsiya tarmoqlari: mobil aloqa tarmoqlari xizmatlarining sifatini baholash normalari va uslublari” standarti foydalanilayotgan mobil tarmoq standartidan qat’i nazar, operatorlar taqdim etadigan xizmatlarga qo‘llaniladigan mobil aloqa xizmatlarining sifatini baholashning umumiy norma va uslublarini belgilaydi. Hujjat atamalar ta’rifini o‘z ichiga oladi, asosiy xizmatlar (ulanish, ovozli aloqa, SMS, ma’lumotlar jo‘natish)ni tavsiflaydi va ham subyektiv (so‘rovlar, shikoyatlar), ham obyektiv (nazorat qo‘ng‘iroqlari, statistika tahlili) baholash uslublaridan foydalanishni talab qiladi. Standart muvaffaqiyatsiz qo‘ng‘iroqlar foizi, ulanishni o‘rnatish vaqti, uzilishlar foizi, ovozning tiniqligi va ma’lumotlar uzatish tezligi kabi turli sifat ko‘rsatkichlari uchun aniq normalarni belgilaydi, shuningdek, xizmatlarni tiklash vaqti normativlarini belgilaydi. Shuningdek, sifat va monitoring ko‘rsatkichlarini hisoblash uslublari, jumladan litsenziyalangan xizmat ko‘rsatish hududi doirasida o‘lchovlarni o‘tkazish uchun sertifikatlangan o‘lchov uskunalaridan foydalanish batafsil tavsiflanadi.

O‘zbekistonda raqamli servislar ommabopligi va Internet-trafik optimizatsiyasi

Mobil operatorlar abonentlari uchun O‘zbekiston Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali (my.gov.uz)dan bepul foydalanish fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanishini va raqamlashtirishni kengaytirish davlat siyosati doirasida tashkil etildi. Ushbu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-maydagi 4329-PQ-son qaroriga muvofiq amalga oshirildi, unda telekommunikatsiya operatorlariga va provayderlarga 2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat subdomeni (gov.uz)dagi axborot resurslaridan foydalanishda trafik tariflanmasligi tavsiya qilindi.

O‘zbekistonda provayderlar va aloqa operatorlari o‘rtasida Internet-trafikning samarali almashinuvini ta’minlovchi bir nechta piring tarmoqlari ham mavjud. Ularning asosiysi “O‘zbektelekom” AK boshqaruvidagi Uz-IX bo‘lib, u xalqaro kanallarga yuklamani optimallashtiradi va Internet-resurslar taqsimotini yaxshilaydi, u avtonom tizim raqamini va o‘tkazuvchanlik qobiliyati uchun har oyda to‘lov amalga oshirilishini talab qiladi. TAS-IX, 2004-yilda tashkil etilgan milliy trafik almashinuvi nuqtasi, xalqaro trafikka xarajatlarni qisqartirishga va mahalliy resurslarga ulanishni tezlashtirishga xizmat qiladi. U asosan a’zolik badallari asosida ishlaydi. SNS-IX birinchi mustaqil Internet-trafik almashinuvi nuqtasi bo‘lib, unumdorlikni oshirish va xarajatlarni tejash uchun yuqori tezlikdagi, xavfsiz va ishonchli ulanishni taklif etadi.

keyingi bo'limga o'tish

Glossariy va qisqartmalar ro‘yxati