Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Tarmoqning o‘ziga xosligi va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va moslashishga qaratilgan chora-tadbirlar

GRI 2-23, 2-24, 201-2

Telekommunikatsiya tarmog‘i issiqxona gazlari global tashlamalarining asosiy manbayi hisoblanmaydi — uning ulushi 1,8–2,8 %4 atrofida baholanadi. Biroq, tarmoq rivojlangani sari tashlamalar hajmi ortmoqda: 2002-yildagi 530 mln t CO₂-ekvivalentidan 2020-yildagi 800–2300 mln t CO₂-ekvivalentigacha.

Xalqaro tashkilotlar, jumladan ITU, GeSI, GSMA va SBTi klimatik kun tartibini faol rivojlantirmoqdalar va tashlamalarni kamaytirish bo‘yicha standartlar ishlab chiqmoqdalar. GSMA xabar berishicha, jahondagi mobil ulanishlarning 30 % ga xizmat ko‘rsatuvchi 29 ta operator ITU standartiga muvofiq, 2032-yilgacha mo‘ljallangan tashlamalarni qisqartirish maqsadlarini qabul qildi.

O‘zbekistonda, telekom-sektorni, shuningdek, Kompaniya faoliyatining ekologik va ijtimoiy jihatlarini tartibga solish doirasida, 1992–2023-yillar oralig‘ida quyidagi normativ aktlar qabul qilindi va amal qilmoqda:

Strategik hujjatlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston-2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi kelishuvlarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-112-son qarori.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-300-son qarori.

4 More emissions than meet the eye: Decarbonizing the ICT sector , available at: 2023_07_04_Decarbonization-ICT.pdf

Tarmoqni tartibga solish:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-699-son qarori.

Ekologik tartibga solish:

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” 1992-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-754-son Qonuni.
  2. O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida” 1996-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-353-son Qonuni.
  3. O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida” 2002-yil 5-apreldagi O‘RQ-365son Qonuni.
  4. O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida” 2000-yil 25-maydagi O‘RQ-73-son Qonuni.
  5. O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida” 2022-yil 3-noyabrdagi O‘RQ-784 Qonuni.
  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-dekabrdagi “Ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarida mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 318-son qarori.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-46-son Farmoni.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 787-son qarori.

Ijtimoiy tartibga solish:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi O’RQ–798-son, 28.10.2022-y.
  2. “Iste’molchilar huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-221, 26.04.1996-y.
  3. O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-son Qonuni.

“Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar alohida belgilangan, xususan:

2024-yilda Kompaniya O‘zbekistonning ekologik va ijtimoiy sohadagi asosiy qonunchilik hujjatlarini, shuningdek, “Asian Infrastructure Investment Bank” (AIIB) tomonidan belgilangan talablarni tahlil qildi. Tahlil davomida ekologik va ijtimoiy mas’uliyat sohasida xatarlarni kamaytirish uchun bir qator yo‘nalishlar aniqlandi. Quyidagi jadvalda zaruriy chora-tadbirlar ro‘yxati taqdim etilgan.

E&S ni baholash va boshqarish (AIIB tavsiyalariga muvofiq)

E&Sni baholash va boshqarish bo‘yicha ESS (AIIB tavsiyalariga muvofiq*)

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va qoidalari

Bo‘shliqlar

Bo‘shliqlarni to‘ldirish chora-tadbirlari

ESS 1

O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (754-XII-son, 1992-yil) va Vazirlar Mahkamasining 2001-yildagi 491-son qarorida AMTB o‘tkazishni, jumladan atrof-muhit va insonlar salomatligiga ta’sirni baholash o‘tkazilishi belgilangan. Biroq, iqlimiy xatarlar va o‘zgarishlar ko‘rib chiqilmagan.

MT bilan konsultatsiyalar odatda rasmiyatchilik uchun, to‘liq jalb qilinmagan holda amalga oshiriladi. Iqlimiy o‘zgarishlar hisobi mavjud emas.

AIIB tomonidan talab qilinayotgan iqlimiy xatarlar hisobini joriy etish. Manfaatdor tomonlarning barcha guruhlarini jalb etgan holda shaffof konsultatsiyalarni tashkil qilish.

ESS 2

“Fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida (O‘RQ-637, 2020-y.) –telekommunikatsiya infratuzilmasi, jumladan antenna va machtalar o‘rnatishda mahalliy hamjamiyatlar bilan kelishish lozimligi belgilangan.

ESS2 talablariga muvofiq, majburiy asosda ko‘chirish ko‘zda tutilmagan. Qurilmalar “O‘zbektelekom” AK tasarrufidagi yer uchastkalari va binolarda joylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi5 ning 214-moddasiga muvofiq, barcha yerlar respublika mulki sanaladi, minoralar o‘rnatish yoki kabellar yotqizish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi esa, “O‘zbektelekom” AKga tegishli.

ESS 3

O‘zbekistonda tub xalqlar rasman toifa sifatida alohida ajratilmagan. Ularning huquqlarini muhofaza qilish uchun tegishli qonunchilik yoki majburiy konsultatsiyalar mavjud emas.

Bankning ESP bo‘yicha B toifada belgilangan dastlabki tasniflashga ko‘ra, ESS 1 va ESS 2 standartlarini qo‘llash talab etiladi. ESS 3 standartini qo‘llab bo‘lmaydi, chunki mamlakatda ESS 3da ko‘rsatilgan tub xalqlar tushunchasiga muvofiq keluvchi guruhlar mavjud emas.

Joriy vaqtda ESS 3 standarti bo‘yicha chora-tadbirlar tatbiq etilishini moliyalashtirilayotgan loyihalar uchun qo‘llab bo‘lmaydi.

Ekologik va ijtimoiy majburiyatlar bo‘yicha monitoring va hisobot, jumladan muntazam hisobotlar taqdim etish talab qilinadi.

“Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-382, 2013) ekologik monitoringni tartibga soladi.

Ijtimoiy jihatlar “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-474, 12.04.2018) bilan tartibga solinadi.

Ijtimoiy xatarlar va ular to‘g‘risida muntazam hisobotlar qonunchilikda ko‘zda tutilmagan.

AIIB talablariga muvofiq keluvchi ijtimoiy xatarlar monitoringi tizimini joriy etish. Moliyalashtirilayotgan loyihalarning ekologik va ijtimoiy jihatlari to‘g‘risida muntazam hisobotlarni kiritish.

5 O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi (1997-yil 1-mart)

Iqlimiy xatarlarni ehtimoliy moliyaviy oqibatlar inobatga olingan holda yanada sifatli boshqarish maqsadida, 2024-yilda Kompaniya bunday xatarlar va imkoniyatlarning dastlabki tahlilini, shuningdek, uglerod neytralligi strategiyasini amalga oshirish va biznes-modelni o‘z vaqtida optimallashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rganish doirasida telekommunikatsiya tarmoqlari uchun imkoniyatlar tahlilini amalga oshirishni boshladi.

O‘tkazilgan iqlimiy xatarlar va imkoniyatlar tahlili asosida Kompaniya uning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy xatarlarni belgiladi, shuningdek, telekommunikatsiya tarmog‘i uchun istiqbollarni belgiladi. Keyingi sxemada va 18-jadvalda kelgusida iqlim o‘zgarishiga ta’sirni kamaytirish va o‘z biznes-modelini optimallashtirish uchun tegishli ishlarni rejalashtirishda va qarorlar qabul qilishda Kompaniya tomonidan inobatga olinishi lozim bo‘lgan asosiy iqlimiy xatarlar va imkoniyatlar aks ettirilgan.

O’zbekiston telekom-tarmog’i uchun iqlimiy xatarlar

Xatarlar

Jismoniy xatarlar

Surunkali xatarlar:

Qurg’oqchilik: Doimiy qurg’oqchilik suv resurslari kamayishiga va Kompaniya faoliyat yuritayotgan qishloq hududlarda sharoritlar yomonlashishiga olib keladi.

Harorat ko’tarilishi: Haroratning asta-sekin ko’tarilishi iqlimga, aholining, jumladan Kompaniya xodimlarining umumiy salomatligiga uzoq muddatli ta’sir ko’rsatadi.

Tuproq erozyasi: yerdan noto’g’ri foydalanish va nazoratsiz sug’orish tuproqning asta-sekin erozyasiga olib keladi, bu qishloq xo’jaligi va Kompaniya o’z faoliyatini yuritadigan hududlardagi iqtisodiy faoliyat sharoitini yomonlashtiradi.

O’tkir xatarlar:

Suv toshqini va sellar: infratuzilmaning sezilarli vayron bo’lishi va hasil yo’qotilishiga olib keladi.

Chang bo’ronlari: havo sifatini jiddiy yomonlashtirib, insonlar salomatligiga, shuningdek Kompaniya jihozlarini ishdan chiqarib, Kompaniya o’z faoliyatini yuritadigan qishloq hududlarda zarar keltirishi mumkin.

Moliyaviy Ta’sir

Shikastlangan aktivlar (jihozlar)ni almashtirish (ta’mirlash) zarurati tufayli operatsion xarajatlarning o’sishi

Shikastlangan aktivlarni almashtirish tufayli ekspluatatsiya xarajatlarning o’sishi

Xatarlarni boshqarish

Kompaniya surunkali jismoniy xatarlarni boshqarish maqsadida elektr energiyasi iste’molini kamaytirishga qaratilgan Energiya samaradorligi rejasini ishlab chiqmoqda hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (QTM) foydalanishni kengaytirish dasturini amalga oshirmoqda.

Xususan, Kompaniya umumiy quvvati 2 712 kVt bo’lgan quyosh panellari orqali elektr energiyasi iste’molini kamaytirmoqda.

Ushbu xatarni boshqarish uchun Kompaniya bunday ta’sirlarga sezgir hududlardagi (filiallardagi) aktivlar uchun zaxiralar yaratish va qo’shimcha sug’urta mexanizmlarini joriy etishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Kompaniya iqlim strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlashni mo’ljallamoqda.

O’zbekistonda favqulodda vaziyatlar haqida aholiga xabar berish xizmati ishlab chiqilmoqda. Kompaniya aholiga ma’lumot yetkazishda faol ishtirok etmoqda va o’z filial tarmog’i orqali favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularga qarshi chora ko’rish faoliyatini rejalashtirmoqda.

Xatarlar

O’tuvchan xatarlar

Tartibga solish xatarlari:

CO₂ chiqindilari uchun bevosita yoki bilvosita soliqlar yoki yig’imlar tufayli muayyan mahsulot va xizmatlar (energiya, transport va h.k.) narxlarining o’sishi.

Bozor xatarlari:

CO₂ ga yugoriroq narx tufayli operatsion xarajatlarning o’sishi.

Obro’ xatarlari:

Manfaatdor tomonlar (tahlilchilar, investorlar, mijozlar) tarafidan talablar ortishi va CO₂ chiqindilari kompensatsiyasiga xarajatlar oshishi.

Moliyaviy Ta’sir

Soliqlar qo’llanilgani tufayli ekspluatatsiya xarajatlarning o’sishi

Ekspluatatsiya xarajatlarning o’sishi

Ekspluatatsiya xarajatlarning o’sishi

Xatarlarni boshqarish

Iqlim o’zgarishi bilan bog’liq normativ talablarning kuchayishi xavfini inobatga olgan holda, bu holat Kompaniyaning ta’minot zanjiriga ta’sir ko’rsatishi va yetkazib berishlarni xavf ostiga qo’yishi mumkin. Kompaniya o’z yetkazib beruvchilari hamda telekommunikatsiya sektoridagi boshqa kompaniyalar bilan hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqmoqda, ular past uglerod chiqindilariga ega iqtisodiyotga o‘tish vazifasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Quyidagilarni tatbiq etish lozim: Energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha uzoq muddatli reja, Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish rejasi va uglerodga ichki narx bo‘yicha uslubiyotni ishlab chiqish.

Shaffof kommunikatsiya, tashkilotning barcha miqyoslarida majburiyatlari va asosiy manfaatdor tomonlar bilan alyanslar tuzish orqali xatarlarni boshqarish rejalashtirilgan, bu ekologik majburiyatlar va qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishga yordam beradi.

Kompaniya uchun iqlimiy xatarlar, mitigatsiya zarurati bo‘yicha yanada batafsil axborot quyidagi jadvalda keltirilgan.

Kompaniyaning iqlimiy xatarlari tahlili

Aspekt

Iqlimiy xatarning batafsil tavsifi

Xatarlarni boshqarish

Qurg‘oqchilik va suv taqchilligi

Doimiy qurg‘oqchilik suv resurslari kamayishiga va Kompaniya faoliyat yuritayotgan qishloq hududlarida sharoitlar yomonlashishiga olib keladi.

1. Energiya iste’molini optimallashtirish

Harorat ko‘tarilishi

Haroratning asta-sekin ko‘tarilib borishi iqlimga, aholining umumiy salomatligiga uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatadi.

1. Liniyalarni yer ostidan o‘tkazish.
2. Issiqlikka chidamli materiallardan foydalanish .

O‘rmon yong‘inlari

O‘rmon yong‘inlari soni ortishi ekotizimlarni buzadi, havoni yomonlashtiradi, salomatlikka, iqtisodiyotga tahdid soladi va Kompaniya uchun infratuzilma shikastlanishi, ishdagi uzilishlar, moliyaviy yo‘qotishlar bilan xavf soladi.

1. O‘tga chidamli materiallardan foydalanish.
2. Olov tarqalishining oldini olish uchun BS atrofidagi o‘simliklarni nazorat qilish.

Alohida ravishda Kompaniya O‘zbekiston iqtisodiyotining kamuglerodli rivojlanish modeliga o‘tishi doirasida yuzaga keluvchi imkoniyatlarni baholashni boshladi. Moliyaviy samaralar va bunday imkoniyatlarni boshqarishga yondashuvlar quyidagi jadvalda keltirilgan.

Energiya iste’molini boshqarish va moliyaviy samara

Imkoniyatlar

Moliyaviy samara

Imkoniyatlarni boshqarish

Resurslardan foydalanish samaradorligi:
Energiya iste’molini boshqarishni yaxshilash hisobiga tarmoqqa va operatsiyalarga xarajatlar optimizatsiyasi

Operatsion xarajatlarning kamayishi.

Energiya samaradorligining oshishi “O‘zbektelekom” AKga ushbu tarmoqda muhim raqobat afzalligini beradi, chunki tarmoqlarining samaradorligi va barqarorligini oshiradi va operatsion biznes rivojlanishining energiya iste’molidan ajratish imkonini beradi.

Mahsulotlar va xizmatlar:
Internetga ulanish va raqamlashtirish bo‘yicha yechimlar iqtisodiyotning bosha tarmoqlarini ugleroddan xoli qilish uchun asosiy ahamiyatga ega bo‘lib, “O‘zbektelekom”ga biznes uchun yangi imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi.

Tushumning ortishi Internetga ulanishga, iqtisodiyotning dekarbonizatsiyasiga xizmat qiluvchi mahsulotlar va xizmatlarga talabning ortishi bilan bog‘liq.

Keng polosali ulanishga, Ashyolar Interneti, bulutli hisoblash va katta ma’lumotlarga asoslangan raqamli servislar “O‘zbektelekom” AK mijzolari tomonidan resurslar iste’mol qilinishini optimallashtirishga va shu orqali ularning atrof-muhitga ta’sirini optimallashtirishga qodir. “O‘zbektelekom” AKning texnologik bo‘linmasi kattaroq ko‘lamga ega bo‘lish va yetakchi raqamli yechimlarni integratsiyalash uchun raqamli xizmatlarni rivojlantirishni rag‘batlantiradi, ular “O‘zbektelekom” AK B2B-mijozlariga yanada raqamlashgan va barqaror biznes-model sari ilgarilashda yordam beradi.

Energiya manbalari:
Energiya tashuvchilar narxlari volatilligining ta’sirini kamaytirish va an’anaviy energiya manbalaridan farqli ravishda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish evaziga elektr energiyasiga ekspluatatsiya xarajatlarini tejash.

Operatsion xarajatlarni kamaytirish.

“O‘zbektelekom” AKning strategik maqsadlaridan biri — qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish va milliy rivojlanish strategiyasiga muvofiq, 2035-yilgacha Kompaniya umumiy energiya muvozanatidagi qayta tiklanuvchi elektr energiyasi iste’moli ulushini 30 % gacha yetkazilganda, 2050-yilga borib (optimistik ssenariy), 2060-yilga borib (pessimistik ssenariy) uglerod neytralligiga erishish. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish rejasi “O‘zbektelekom” AK uchun elektr energiyasiga xarajatlarni sezilarli tejashga olib keluvchi barcha turdagi yechimlar (mustaqil generatsiya, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kelib chiqishi kafolati bilan sotib olish, taqsimlangan generatsiya)ni o‘z ichiga olishi mumkin.

Barqaror moliyalashtirish manbalari:
Yangi moliyalashtirish manbalaridan foydalanish:

  • kapital bozorlari va bank tomonidan moliyalashtirilishi;
  • barqarorlik mezonlari inobatga olingan holda foydalaniladigan vositalar diversifikatsiyasi (obligatsiyalar, gibridlar, qarzlar).

Investorlar bazasi va tipologiyasini kengaytirish.

Moliyalashtirish shartlari salohiyatli yaxshilanishi.

“O‘zbektelekom” AK atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi loyihalarni moliyalashtirish uchun “yashil” obligatsiyalardan va gibrid “yashil” va barqaror vositalardan foydalanishi mumkin. Masalan, energiya samaradlorligini oshirish uchun ham statsionar, ham mobil telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta tashkil qilish va modernizatsiyalash bo‘yicha loyihalar.

Bundan tashqari, “O‘zbektelekom” AK barqaror rivojlanish maqsadlari bilan bog‘liq, tashlamalarni qisqartirish bilan bog‘liq korporativ maqsadlarga erishishda ilgarilashga muvaffaq bo‘lish imkonini beruvchi qarz yoki kredit kabi boshqa barqaror bank moliyaviy vositalaridan foydalanishi mumkin.

keyingi bo'limga o'tish

Energiya iste’moli va energiya tejamkorlik