Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Personalni rivojlantirish va o‘qitish

“O‘zbektelekom” AK personal kasbiy salohiyatini rivojlantirish va o‘qitishni barqaror rivojlanishning asosiy sharti sifatida qabil qiladi. Kompaniyaning muvaffaqiyatli va barqaror ishi bevosita bilim va ko‘nikmalari dolzarb ishlab chiqarish va tijoriy talablarga muvofiq keluvchi xodimlar tayyorgarligi darajasi bilan bog‘liq.

Xodimlarning kasbiy kamolotini ta’minlash uchun “O‘zbektelekom” AKda har yili Kompaniyaning dolzarb talablari va vazifalariga muvofiq kelishiga yo‘naltirilgan malaka oshirish kurslarining keng spektrini o‘z ichiga olgan o‘quv rejasi ishlab chiqiladi. 2024-yil davomida “O‘zbektelekom” AK o‘z xodimlarining kasbiy ko‘nikmalarini va bilimlarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirdi. Hisobot davrida 4 295 nafar xodim O‘zbekiston Respublikasida hamda chet eldagi o‘quv markazlarida ta’lim va qayta tayyorlovdan o‘tdi. Bu maqsadlarga xarajatlarning umumiy summasi yiliga 1 526 mln so‘mdan oshdi.

Maqsadli tayyorgarlik doirasida:

  • respublika ta’lim muassasalarida 39 nafar xodim o‘qitildi;
  • chet el o‘quv markazlarida — 8 nafar xodim o‘qitildi.

Malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlarida:

  • respublika markazlarida 4 063 nafar xodim malaka oshirdi;
  • chet el markazlarida — 185 nafar xodim malaka oshirdi.

Bundan tashqari, Kompaniyaning o‘zida 12 193 nafar xodim uchun ichki seminarlar, konferensiyalar, chet tili kurslari, texnik treninglar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bu maqsadlarga 25 mln so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi.

2024-yilgi Malaka oshirish rejasiga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv soatlari o‘tkazildi:

  • Iqtisodiyot, moliya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida menejment.
  • 1C-Бухгалтерия (buxgalterlar uchun).
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida marketing va xizmatlar taqdim etish.
  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (texnik yo‘nalishdagi xodimlar uchun).
  • Axborot xavfsizligi.
  • Telekommunikatsiyalar sohasida ijtimoiy va huquqiy yo‘nalishlar.
  • Telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va texnik xizmat ko‘rsatish.

2021-2024-yy.da ro‘yxatdagi ishchi-xodimlar sonida o‘quv dasturlarida qatnashganlar ulushi, kishi

Personal 2021 2022 2023 2024 Og‘ish, %
O‘quv dasturlarida qatnashgan xodimlar ulushi, % 85 88 95 98 0,03
Jami o‘qitilganlar, kishi 14 765 15 554 16 636 16 488 0,12

Ham mahalliy, ham xorijiy o‘quv muassasalari bilan hamkorlikka alohida e’tibor beriladi. 2003-yildan buyon Kompaniya Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti bilan faol hamkorlik qilib keladi, unda 2023/2024-o‘quv yilida Kompaniyadan 5 nafar talaba tahsil olmoqda. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va AKT sohasidagi texnikumlar o‘quvchilari uchun diplomoldi amaliyoti muntazam o‘tkazib kelinadi.

Parallel ravishda o‘rta maxsus ma’lumotga ega xodimlarni qo‘llab-quvvatlash davom etmoqda. 2024-yil oxiri holatiga 500 nafar xodim Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida sirtqi shaklda ta’lim olmoqda, yana 240 ta xodim Toshkentdagi Puchon universitetida sirtqi shaklda o‘qimoqda.

Ta’limga investitsiyalar

2021-2024-yillarda personalni o‘qitishga investitsiyalar, ming so‘m

Ko‘rsatkichlar, ming so‘m 2021 2022 2023 2024 Chetlanish, %
Personalni o‘qitishga investitsiyalar hajmi 707 280 5 918 934 3 893 149 1 526 220 -1,56
Oliy o‘quv yurtlarida personalni maqsadli o‘qitish 365 211 395 571 581 322 987 892 0,7
O‘quv markazlarida malaka oshirish 323 249 5 409 123 3 301 527 513 128 -0,85
Kompaniyada tashkil etilgan o‘quv kurslari va seminarlar 18 820 114 240 10 300 25 200 1,45

“O‘zbektelekom” AK xodimlarning kasbiy va akademik salohiyatlarini rivojlantirish yo‘lida rag‘batlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash siyosatini amalga oshiradi. Birinchi urinishda xalqaro professional imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganda, xodimlarga imtihon yig‘imi, tayyorlov kurslari (mavjud bo‘lsa) va shu kabi to‘lovlarga amalda sarflangan xarajatlar qoplab beriladi.

Shuningdek, Kompaniyaning 2024-yil 17-dekabrdagi 415-son buyrug‘iqa muvofiq:

  • ilmiy daraja (PhD, fan nomzodi yoki doktori), yoki
  • professional sohasidagi xalqaro sertifikatga ega xodimlar uchun ish haqiga har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.

keyingi bo'limga o'tish

Xodimlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va hayot sifatini yaxshilash bo’yicha loyihalar