Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Energiya iste’moli va energiya tejamkorlik

GRI 302-1, 302-3

Energiya iste’molini kamaytirish kompaniya faoliyati samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri va barqaror rivojlanishning muhim elementi hisoblanadi. Energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish elektr energiyasiga xarajatlarni sezilarli qisqartirishgina emas, balki, issiqxona gazlari tashlamalarini kamaytirish hisobiga, atrof-muhitga yuklamani kamaytirish imkonini ham beradi.

Shu sababli, Kompaniya energiya resurslaridan foydalanishni optimizatsiyalashga, jihozlarni modernizatsiyalashga va ishlab chiqarish jarayonlarining energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Elektr energiyasi iste’molini qisqartirishga oid chora-tadbirlar doirasida Kompaniya tomonidan 2024-yilda quyidagi natijalarga erishildi:

Elektr energiyasini qisqartirishga oid chora-tadbirlar, dona

Chora-tadbir План Факт
1 Yoritkichlarga harakat datchiklarini o‘rnatish 878 1 050
2 Gaz qozonlarini modernizatsiyalash 7 50
3 Reaktiv quvvatni kompensatsiya qiluvchi avtomatlashtirilgan qurilma (RQKAQ)ni tatbiq etish 6 20
4 Qurilmalarni energiya tarmog‘idan uzish 384 420

Energiya samaradorligini oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Asosiy qadamlardan biri -signalning kamroq yo‘qotilishi, kuchaytirish va sovitishga ehtiyoj kamligi, shuningdek, mis liniyalarga solishtirganda yuqoriroq o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga egaligi sababli energiya iste’molini sezilarli kamaytiruvchi optik tolali texnologiyalarga o‘tish bo‘ldi. “O‘zbektelekom” AK quyidagi texnologiyalarni joriy etadi:

  • SPC — mobil tarmoq unumdorligini va boshqaruv samaradorligini oshirish;
  • 5G SA — 5G tarmog‘i uchun mustaqil infratuzilma;
  • VoLTE va VoWiFi — LTE va Wi-Fi bo‘yicha ovozli aloqa;
  • IMS — VoLTE va VoWiFi uchun multimedia tizimlari.

Yangi DWDM qurilmasi XET-T tavsiyalariga muvofiq keladi, CDC, Flex Spectrum va Gridless funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi, moslashuvchanlik va masshtablanishni ta’minlaydi. IP/MPLS qurilmalari ITU RFC5951 standartlari talablariga javob beradi va IPv6 ni qo‘llab-quvvatlaydi.

Kompaniyaning 2024-yildagi umumiy energiya iste’moli, tendensiyalarga qaraganda, mobil va statsionar manbalar, shuningdek, xarid qilinadigan elektr energiya uchun yoqilg‘i iste’moli o‘sishini ko‘rsatadi, bu Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlari kengayishi va avtoparkning kengayishi hamda transport vositalaridan foydalanish intensivligi ortishi bilan bog‘liq. Shunga qaramay, 2022-2024-yy. mobaynida Kompaniyada QTEM ulushining oshishi barqaror tendensiyasi kuzatilmoqda.

Qayta tiklanmaydigan manbalardan yoqilg‘i iste’moli keskin qisqardi.

  • 2023-yilga nisbatan, 2024-yilda benzin iste’moli 10,8 % ga o‘sdi (1 314 140 l. dan 1 456 404 l. gacha).
  • Tabiiy gaz iste’moli 13,4 % ga oshdi (1 624 ming m³ dan 1 842 ming m³ gacha).
  • Dizel yoqilg‘idan foydalanish 182,4 % ga ortdi (442 082 l.dan 1 248 402 l.gacha).

Tabiiy gaz va yoqilg‘i iste’molining 2024-yilda kamayishini qator omillar bilan izohlash mumkin. Birinchidan, Kompaniya 2024-yil boshidan buyon ekspluatatsiya xarajatlarini optimizatsiyalash siyosatini, jumladan ortiqcha qatnovlarni qisqartirish va avtoparkning energiya samaradorligini oshirishni amalga oshirmoqda. Ikkinchidan, “Telecom Car” raqamli yechimining tatbiq etilishi xizmat transportidan foydalanish ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish, ruxsat berilmagan qatnovlarni aniqlash va oldini olish imkonini berdi, bu iste’mol qilinadigan yoqilg‘i hajmini kamaytirishga bevosita ta’sir ko‘rsatdi.

Qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan energiya ulushi oshmoqda: 2024-yilda QTEMdan iste’mol qilingan energiya hajmi 5 951 ming kVt*s.ni tashkil qildi, bu 2023-yildagidan (4 573 ming kVt*s) 30,1 % va 2022-yildagidan (3 409 ming kVt*s) qariyb 1,75 barobar ko‘pdir. 2024-yilda qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarish hajmining o‘sishi qo‘shimcha raivshda yalpi quvvati 1128 kVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyalari o‘rnatilishi bilan bog‘liq.

Elektr energiyasi xaridi oshmoqda. 2024-yilda tashkilot 218 632 ming kVt elektr energiyasi xarid qildi, bu 2023-yildagidan (173 737 ming kVt) 25,8 % ga va 2022-yildagidan (165 537 ming kVt) 32,1 % ga ko‘pdir.

GRI 302-1

Tashkilot ichida energiya iste’moli, GJ

Ko‘rsatkich 2022 2023 2024 O‘zgarish 2023-2024-yy., %
YER umumiy iste’moli: 45 257 153 532 340 423 122%
Statsionar yoqish: 45 257 39 323 170 507 334%
Tabiiy gaz 45 257 39 323 170 507 334%
Mobil yoqish: 169 194 114 629 169 917 49%
Benzin 50 188 43 808 48 550 11%
Dizel yoqilg‘i 39 933 16 158 45 629 182%
Tabiiy gaz 67 733 54 243 61 533 13%
Propan 11 341 421 14 204 3 278%
Xarid qilinadigan issiqlik va elektr energiyasi iste’moli
Elektr energiyasi 595 933 625 457 787 076 25,8%
Issiqlik energiyasi 21 892 15 121 18 634 23,2%
Qayta tiklanuvchi manbalardan energiya iste’moli
QTEMdan elektr energiyasi 12 272 16 463 21 424 30,1%

Tashkilot ichida energiya iste’moli, GJ

Ko‘rsatkich 2022 2023 2024 O‘zgarish 2023-2024-yy., %
Umumiy energiya iste’moli (yoqilg‘i + xarid qilingan energiya) 844 549 810 993 1 167 557 44,0%

Mobil va statsionar manbalar bo‘yicha yoqilg‘i iste’molining 2022-2024-yy. mobaynidagi dinamikasi o‘zaro farqlanadi: statsionar yoqish uchun tabiiy gaz iste’moli hajmi va transport uchun dizel yoqilg‘isi iste’moli 2024-yilda 2023-yildagiga nisbatan sezilarli o‘sdi (tegishlicha, 334 % va 182 % ga). 2022-2024-yillarda tashkilotning energiya iste’moli dinamikasi shu bilan izohlanadi.

Foydalanilayotgan energiya resurslarining to‘liq hisobi tashkilotda faqat 2024-yildan buyon yuritiladi va to‘liq boshlang‘ich axborotga ega bo‘lish hamda energiya resurslari iste’molini qisqartirish uchun bazaviy liniyani belgilash va kelgusida tashkilotni dekarbonizatsiyalash dasturini ishlab chiqish uchun issiqxona gazlari Scope 1 va 2 tashlamalarining to‘liq hisobini yuritish uchun, energiya resurslari iste’moli hisobini yanada takomillashtirish rejalashtirilgan.

2024-yilda “O‘zbektelekom” AK tomonidan qayta tiklanuvchi energiya obyektlarini o‘rnatish va ishga tushirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida axborot (quyosh batareyalari, kVt)

Energiya resurslariga moliyaviy xarajatlar

Kompaniya 2024-yildan buyon transport vositalaridan yanada ekologik toza foydalanish va IG tashlamalarini qisqartirishga moyillik yo‘lida yoqilg‘i-energiya tizimlari iste’moliga xarajatlarni optimizatsiyalashni o‘tkazmoqda. Shuningdek, Kompaniya ruxsat berilmagan qatnovlarni bartaraf etib, xizmat avtomobillari yurishini nazorat qiluvchi “Telecom car” ilovasini ishga tushirdi.

2024-yilda elektr energiyasiga xarajatlarning 101,9 % ga o‘sishi kuzatildi, bu tariflar va iste’mol hajmi oshishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Shu bilan birga, dizel yoqilg‘isiga xarajatlar 22,9 % ga qisqardi, bu isitish tizimlari optimizatsiyasi va binolarning energiya samaradorligi oshishi bilan izohlanadi.

Energiyaga xarajatlar, mln so‘m QQS bilan

Yoqilg‘i turi 2022 2023 2024
Elektr energiyasi 64 775 87 028 175 687
Issiqlik energiyasi 729 576 995
Dizel yoqilg‘isi 9 650 15 322 11 814
Benzin 9 890 12 230 11 831
Tabiiy gaz 778 938 2 017
Avtotransport uchun gaz 3 719 4 795 5 302
Jami: 85 822 116 094 207 646

GRI 302-3

Energiya sig‘imining tushumga nisbati6

Ko‘rsatkich O‘lchov birligi 2022 2023 2024
Umumiy energiya iste’moli GJ 844 549 810 993 1 167 557
Solishtirma energiya iste’moli GJ/mlrd so‘m 136 107 134
Tushum mlrd so‘m 6 220 7 548 8 712

6 Ma’lumotlar dastlabki jamlanma moliyaviy hisobot asosida taqdim etildi. Kompaniya yakuniy hisob ko‘rsatkichlariga 31.08.2025-y.gacha aniqlik kiritish huquqiga ega.

TC-TL-130a.1

2024-yilda Kompaniya tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasining umumiy miqdori 1 167 557 GJ, ulardan 16 062 GJ qayta tiklanuvchi manbalardan olingan energiyaga to‘g‘ri keladi. Shu tariqa, umumiy iste’mol hajmidagi qayta tiklanuvchi energiya manbayining ulushi 1,83 % (21 424,3 GJ)ni tashkil qildi. 2024-yilda tashqi manbalardan xarid qilingan elektr energiyasi iste’moli 787 076 GJni tashkil qilgan, ya’ni 2024-yilda Kompaniya energiya iste’moli umumiy tuzilmasida xarid qilinadigan elektr energiyasining ulushi 67,5 % ni tashkil qildi va energiya iste’molining asosiy qismini tashkil qiladi (statsionar va mobil manbalar uchun yoqilg‘i iste’moliga qiyosan). 2024-yilda “O‘zbektelekom” AK tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi (xarid qilingan elektr energiyasi + QTEMdan elektr energiyasi) 808 500 GJni tashkil qildi, ularda QTEM ulushi 2,65 % bo‘ldi.

keyingi bo'limga o'tish

Boshqaruvga yondashuv