Barqaror rivojlanish hisoboti / 2024

Boshqaruvga yondashuv

GRI 3-3, 2-23, 2-24

“O‘zbektelekom” AK atrof-muhitga ta’sirlarni boshqarishga kompleks yondashuvni namoyish etadi, bu Kompaniya barqaror rivoji kontekstidagi salmoqli mavzu sanaladi. Ushbu yondashuv operatsion faoliyatga va ekologik izni minimallashtirishga qaratilgan strategik tashabbuslarga integratsiyalangan.

Atrof-muhitga ta’sirni boshqarish quyidagi asosiy elementlarni o‘z ichiga oluvchi ko‘p miqyosli tizim orqali amalga oshiriladi:

Strategik integratsiya

Atrof-muhitga ta’sirni minimallashtirish tarafdorligi 2024-yilda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Barqaror rivojlanish siyosatida belgilangan. Ushbu siyosat ekologik mas’uliyat sohasidagi Kompaniya faoliyatining maqsadlari, tamoyillari va asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.

Texnologik modernizatsiya

Kompaniya resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida energiya tejash va barqaror rivojlanish borasidagi ilg‘or texnologiyalarni faol tatbiq etmoqda.

Kompleks ekologik boshqaruv

ekologik boshqaruvga atrof-muhit bilan munosabatlarning asosiy jihatlarini, jumladan quyidagilarni qamrab oluvchi kompleks yondashuv amalga oshirilmoqda:

  • Energiya iste’moli: faoliyatning barcha bosqichlarida energiya iste’moli optimizatsiyasi o‘tkazilib, jihozlarning energiya tejamkorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar tatbiq etilmoqda.
  • Qayta tiklanadigan energiya manbalari: An’anaviy energiya manbalariga bog‘liqlikni kamaytirish va Kompaniyaning uglerod izini qisqartirish uchun quyosh elektr stansiyalarini joriy etish amalga oshirilmoqda.
  • Transport siyosati: transport vositalaridan tashlamalarni qisqartirish bo‘yicha sa’y-harakatlar doirasida elektromobillar kabi ekologik tozaroq transportga o‘tish.
  • Chiqindilarni boshqarish: hosil bo‘ladigan chiqindilar hajmini qisqartirsh chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda va ishlab chiqarish hamda iste’mol chiqindilari bilan mas’uliyatli munosabatda bo‘lishni ta’minlash uchun utilizatsiya dasturlari rivojlantirilmoqda.
  • Ekologik nazorat: Kompaniya faoliyatining barcha bosqichlarida ekologik standartlarga va normativ talablarga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda nazorat amalga oshiriladi.

“O‘zbektelekom” AKda ekologik va ijtimoiy jihatlarni boshqarishga ikkita asosiy bo‘g‘in javob beradi: korporativ miqyosda — bu Risklarni boshqarish qo‘mitasi, operatsion miqyosda — Risk menejmenti boshqarmasi.

Risk menejementi boshqarmasi ekologik-ijtimoiy xatarlarni samarali boshqarish va EIMT qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat borasida asosiy javobgarlikni zimmasiga oladi. Bunda, Transformatsiya va strategik rivojlantirish departamenti turli bo‘linmalarning o‘zaro munosabatini muvofiqlashtirib, barqaror rivojlanish masalalarida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

Atrof-muhitga ta’sirni boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar qo‘llanilishining samaradorligi asosiy ko‘rsatkichlar monitoringi, resurslar iste’moli dinamikasi va tashlamalar hajmining tahlili vositasida muntazam baholanadi. Baholash natijalari strategiyani to‘g‘rilash va Kompaniya faoliyatining ekologik barqarorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni joriy etish uchun qo‘llaniladi.

Shuningdek, “O‘zbektelekom” AK mamlakatda ekologik vaziyatni yaxshilash uchun O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” milliy loyihasida qatnashishda davom etmoqda. Ushbu loyiha doirasida Kompaniya 85 279 tup ko‘chat o‘tqazdi, bu bilan yashil ekinlar tiklanishiga va hududning ekologik muvozanatini mustahkamlashga xizmat qildi. Bu tashabbuslar Kompaniyaning ekologik mas’uliyat tamoyillariga rioya qilishini tasdiqlaydi.

85 279

tup ko‘chat

«Yashil makon» milliy loyhasi doirasida Kompaniya tomonidan ekildi

keyingi bo'limga o'tish

Atrof-muhit muhofazasi (tashlamalarni boshqarish, suv iste’moli, chiqindilar)